2022-04-29 15:51:29
1-maydan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 324 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 633 000 so‘m;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 698 000 so‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 698 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 500 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so‘mgacha, pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori — oyiga 698 000 so‘m etib belgilandi.
@dolir_kursi
2.7K views12:51