2021-11-30 17:16:11
3-dekabrda Toshkent fotografiya uyida Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuniga bag‘ishlangan «To‘siqlar» nomli fotoko‘rgazma ochiladi.
Ko‘rgazmada rassom va fotosuratchilar tomonidan tayyorlangan installyatsiyalar namoyish etiladi. Ularda nogironligi bo‘lgan bolalarning orzulari va ularga erishish yo‘lidagi to‘siqlar o’z ifodasini topgan.
Ko‘rgazmada professional fotosuratchilarning ijod namunalari bilan bir qatorda nogironligi bo‘lgan insonlar tomonidan olingan fotosuratlar ham namoyish etiladi. Ularda turli insonlarning his-tuyg’ulari aks ettirilgan bo’lib, biz turlimiz, biroq biz tengmiz degan g‘oya ilgari suriladi.
Ko‘rgazma keng omma uchun joriy yilning 10-dekabr kunigacha ochiq bo’ladi.
Ko’rgazmaga kirish bepul.
__
3 декабря в Ташкентском доме фотографии откроется фотовыставка «Барьеры», посвященная Международному дню лиц с инвалидностью.
На выставке будут представлены инсталляции художников и фотографов, которые раскрывают мечтания детей с инвалидностью и их истории преодоления барьеров на пути к их исполнению.
Также на выставке будут экспонироваться работы профессиональных фотохудожников и фотографии, сделанные людьми с инвалидностью. Их творчество — это выражение чувств различных людей и продвижение идеи, что мы — разные, но мы — равные.
Выставка будет открыта для широкой публики до 10 декаря с.г.
Вход на выставку свободный.
#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
980 views14:16