Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-in | Дефектология ©

“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-internatlarni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda

“Zamin” fondi Andijon viloyatiga tashrifi davomida Xo‘jaobod tumanidagi 17-Kar bolalar maxsus maktab internati va zaif eshituvchi maktab internatlarida o‘quvchilarga zamonaviy ReSound aparatlari topshirilmoqda.

“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy eshitish aparatlarini sovg‘a qilmoqda.

Zamonaviy eshituv aparatlari kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.

Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ixtisoslashtirilgan 17-kar bolalar maxsus maktabi va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktablarning o‘quvchilariga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.

Videoda audiolog Nargiza Abdullayeva Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida eshitishda kamchiligi bo‘lgan bolalarni eshituv idrokini tekshirmoqdalar