Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

“Zamin” fondining '5 yoshdan oshgan eshitish qobiliyati zaif b | Дефектология ©

“Zamin” fondining "5 yoshdan oshgan eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun reabilitatsiya dasturi” doirasida yana 8 ta operatsiya o‘tkazildi.

Вu safar fondning taklifi bilan Toshkentga shifokor-otolaringolog Eugenijus Lesinskas tashrif buyurdi. Litvalik professor Vilnyuss Kasalxonasi Santarishi klinikasining Quloq, tomoq va burun kasalliklari markazi rahbari, tibbiyot fakultetining o‘quv markazini boshqaradi va o‘ta murakkab operatsiyalarni amalga oshirib keladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliyot markazida operatsiyalar o‘tkazganidan keyin Eugenijus Lesinskas hamkasblari uchun bolalardagi surunkali otit va uni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha ma'ruza o‘qidi.