Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Qulupnayli limonad Masalliqlar: Shakarli sirop - 250 ml | Блюда | Рецепты | Выпечка |

Qulupnayli limonad

Masalliqlar:
Shakarli sirop - 250 ml
Limon - 3 ta
Suv - 1 litr
Qulupnay - 300 gr

Tayyorlanishi:
1. Limonlarni siqib sharbatini suzib olamiz, sedrasini esa mayda to'g'rab olamiz.

2. Suvga limon sharbati va sedrasini solib, shakarli siropni (shakar bilan suv 1:2 olinadi) ham qo'shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz.

3. Qulupnayni ezib, uni ham qo'shib yuboramiz. Bezak uchun birnechta qulupnay olib qo'yishni unutmang.

4. Endi tayyor bo'lgan ichimlikni dokadan suzib olamiz. Va sovutgichga qo'yib qo'yamiz.

Qulupnay donalari va hoxishga ko'ra yalpiz barglari bilan bezatib dasturhonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!


#ichimliklar #limonad #mohito #icetea

Yaqinlaringizga ham yuboring

Instagram | Telegram | Admin