Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#davomi Tayyorlanishi: 1. Biskvit uchun tuxumlarni yaxshilab | Блюда | Рецепты | Выпечка |

#davomi

Tayyorlanishi:
1. Biskvit uchun tuxumlarni yaxshilab ko'pirtirib, eritilgan sariyog' bilan sutni quyib aralashtiramiz. Unni ham solib extiyotkorlik bilan aralashtiramiz. d = 16 smli qolipga quyib, 180°C qizigan pechda 30 daqiqa pishiramiz.

2. Muss uchun jelatinni suvga ivitib aralashtirib qo'yamiz. Sut bilan qaymoqni (1) olovga qo'yamiz. Alohida idishda tuxum sarig'i bilan shakar, vanil'niy sahar, kraxmal va unni aralashtiramiz. Isigan qaymoqli sutni oz-ozdan tuxum sarig'ili massamizga quyamiz. Venchikda aralashtirib turamiz.

3. Hosil bo'lgan qorishmani kastryulkaga quyib, venchik yoki silikon lopata yordamida aralashtirib, qaynatamiz. Qaynab chiqishigayoq olovni o'chiramiz. Massa quyuq bo'lishi kerak.

4. Issiq kremimizga bo'kkan jelatinni solib, aralashtiramiz. Fistashkali pastani yoki mayda qilib yanchilgan xandon pistani (oldindan tozalab, tuzini yuvib tashlab, pechda quritib olingan bo'lishi kerak) ham qo'shamiz.
Qaymoqni (2) ko'pirtirib, zavarnoy kremga qo'shamiz.

5. Qolipni atsetat plyonka bilan o'rab, biskvitimizni qo'yamiz. Atroflariga ikkiga bo'lingan qulupnaylarni terib chiqamiz.
Mussimizni bir qismini quyib, orasiga ham qulupnay teramiz va qolgan mussni quyamiz.

Sovutgichga 4-8 soatga qo'yib qo'yamiz. Hoxishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

#desert #shirinlik #tort #iftorlik

Yaqinlaringizga ham yuboring

Instagram | Telegram | Admin