Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

23-avgustga qadar kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat berilad | Бухгалтерия и Налоги Узбекистана

23-avgustga qadar kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi

Tadbirkorlik subyektlarining ko‘p sonli murojaatlarini inobatga olgan holda "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida takroran 2022-yilning o‘tgan davri uchun shu yil 23-avgustga qadar my.soliq.uz orqali kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi

Xarid summasining 1 %i qaytarilgan (keshbek) cheklar bunda mustasno.

Сhek qanday tahrirlanadi

My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.

Shundan so‘ng holat yuzasidan tushuntirishni ilova qilish kifoya.

Eslatma: QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

DSQ

https://t.me/buxgalteriuz