Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Yolg'ondakam chiqar dard ajrimi, Tushkunlikda sog' banda ham. | Axo

Yolg'ondakam chiqar dard ajrimi,
Tushkunlikda sog' banda ham.

Ko'p uchratdim O'zbekistonda o'ta muhim va hayot-mamot kabi kasbning biznesga aylanganini.Shunchalik darajaga bordiki, hatto soppa-sog' odam ham kasal va davollanishi kerak yokida nima dardga odam chalinganini bila olmaydi, har kasalxona har xil diagnoz chiqarib berganidan keyin. Nimaning oqibatiligini gapirishga hojat ko'rmadim, shunchaki afsus tortib, bugungi kundagi kasalxonaning har bir so'z va vahimalariga ishonmaslikni to'g'ri deb bilmay sarson qolganlarga bildirishni ma'qul deb ko'rdim. Rak diagnozidan keyin ham nechta farzandlarni ko'rib, baxtli yashab yurganlarni uchratish mumkin hayotimizda yoki bitta aksirganiga sarson bo'lib kasalxona va dorixonalarni tinmay kezib yurganlarni uchratish oddiy hol bo'lib qoldi. Kasalxonaga ishiz tushmasin, Allohim o'z panohida bizni asrasin

"Allohim ham dard, ham shifosini berar! Ixlos va ibodatdek hech narsa meni ruxan va jismonan sog' eta olmas."

#TezYordam #QadriYoqolganSanat #quote #dope | @axouz