Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hox qul, yo hakam, Baribir bormadim farqiga, Arzon yo qimmatga | Axo

Hox qul, yo hakam,
Baribir bormadim farqiga,
Arzon yo qimmatga sotilsangiz agar.

Ko'pincha kuzataman odamning o'ziga baho berishini va ko'pincha pul miqdoriga taqalar. Odam o'ziga baho berishi bir diagnoz, yana arzimas bir tiyn matoxga o'zining qadrini tenglashtirish u alohida mavzu. Hizmat-ku, yordam, oqibat, munosabat - hammasi ostida maqsad qolar ekan xolos. Minnat esa ushbu holatning oqibatidir. Bu tanlov aqlan emas, ichki hissiyot bilan tanlanar va uni tan olishga ham aql bovar qilmas. Agar, hurmatli martabasi bu dunyoda ulug' birodar, ushbu turushizda so'ziz va harakatizning narxi bor ekan, aytingchi quldan nima farqiz bor?! Uzr)

"Alloh uchun bir ish tutmasam, peshonam sajidada uni anglab yetsin! Zero o'zga tayanch manfaati tuproq bilan yakun topar!"

#HHH #outro #QadriYoqolganSanat #quote #dope | @axouz