2022-08-07 08:09:39
#Ayol_kim ?
1-bo'lib, zolim Fir'avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ropara turgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U sayyida Osiyo.
1-bo'lib Kabatulloxning vujudga kelishi va Makka shaxrining gullab-yashnashiga sababchi bolgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Hojar onamiz.
1-bo'lib yer yuzidagi eng pok suv Zam-zam suvini ichishga erishgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Hojar onamiz.
1-bo'lib Muxammad alayxissalamga iymon keltirgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Hadicha rodiyallohu anho onamiz.
1-bo'lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Summayya rodiyallohu anho.
1-bo'lib Islom uchun mol-mulkini xech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Hadicha rodiyallohu anho onamiz.
1-bo'lib Safo va Marva orasida yugurgan shaxs erkak emas, ayol bo'lgan. U Hojar onamiz.
Bilmagan har kimsa bilib olsinki Ayol Islom dini uchun faxrdir.
648 viewsedited 05:09