Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Kun_Shartnomasi #Avgust_29 2004 yil 29 avgustda Toshkent sh | #ЯДипломат

#Kun_Shartnomasi
#Avgust_29

2004 yil 29 avgustda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Afg‘oniston O‘tish Islom Davlati Hukumati o‘rtasida tranzit va transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Mazkur Bitim 2005 yil 24 fevraldan e'tiboran kuchga kirgan.

Tomonlar Afg‘oniston Islom Davlatining transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan bitimlar (kontraktlar) asosida hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan uzoq muddatli loyihalar doirasida, ayniqsa quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar:

Transportning turli sohalaridagi afg‘on mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tayyorlash;

Afg‘oniston Islom Davlati hududlarida tegishli infratuzilmani yaratish, shuningdek avtomobil va temir yo‘llarini qurish hamda qayta tiklash.

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish hamda ilmiy-texnikaviy markazlarni rivojlantirish maqsadlarida tranzit, transport va kommunikatsiya sohalarida mutaxassislarni almashadilar.

Tomonlar o‘z davlatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri transport kommunikatsiyalarini yengillashtirish uchun zarur choralarni ko‘radilar.

Ikkala Tomonning transport vositalari o‘zarolik asosida uchinchi davlatlar transport vositalari ta’minlangan qulay rejimdan kam bo‘lmagan rejim bilan ta’minlanadi.

Transportning alohida sohalaridagi hamkorlik mustaqil ravishda tuziladigan bitimlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

@toshpulatovuz