Qiyofang hamisha bahor yaratar,
O'zingni ko'rmasman balki bir umr,
Qiyofang ezgudir, oq nur taratar,
Yurak bo'lganda ham dardlardan ko'mir.
Tushlarim keltirar, surat, sasingni -
Yana keltirarlar ko'nglim to'lmagach,
Tushlarimdan qanday quvayin seni,
O'ngimda ko'rmoqqa umid bo'lmagach...
Halima Xudoyberdiyeva