2023-02-05 11:16:52
“Rektor stipendiyasi” uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi!
Rektor stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 2-fevraldan 1-martgacha davom etadi.
Barcha kerakli hujjatlar
fayl papkada taqdim etilishi kerak. Sizning yutuqlaringiz haqidagi —
sertifikatlar,
diplomlar,
maqolalar va
tezislar akademik kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1. Maʼlumotnoma — obyektivka
2. Pasport nusxasi
3. Reyting daftarcha nusxasi
4. Fakultet dekanining tavsiyanomasi
5. Kafedra toʻgaragi rahbarining tavsiyanomasi
6. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisining tavsiyanomasi
7. Ilmiy yutuqlar roʻyxati (3.4-shakl)
8. Ilmiy yutuqlar (ilmiy anjumanlar nashrlari, maqola va tezislar, olimpiada diplomlari)
9. Xalqaro til sertifikati
10. Musobaqa va sportdagi yutuqlar
11. Yutuqli startap loyihalari.
Universitet Ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlar iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirilishi kerak.
Kanalga ulanish https://t.me/rizayev_jasur
https://t.me/rizayev_jasur
Rektor stipendiyasi
329 views08:16