Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O`ZBEKISTONDA ILK BOR: SUV SINGDIRMAYDIGAN GILAMLAR Ilk bor O | SAG Gilamlari

O`ZBEKISTONDA ILK BOR: SUV SINGDIRMAYDIGAN GILAMLAR

Ilk bor O`zbekistonda “SAG gilamlari” kompaniyasi suv singdirmaydigan akril gilamlarni taklif qilmoqda.
Nihoyat, endi bizning yurtimizda ham suv va boshqa suyuqliklardan “qo`rqmaydigan” to`shamalarni xarid qilish mumkin. Bundan buyon kichkintoyingiz gilamga behosdan sharbat yoki boshqa ichimlikni to`kib yuborishidan yoki yomg`irda jiqqa ho`l bo`lib to`g`ri xonaga kirib kelishidan ranjimasangiz ham bo`ladi.

Bundan tashqari bunday to`shama uzoq vaqt toza saqlanib o`ziga kirni singdirib olmaydi. Unga surtilgan maxsus vosita dog`lar paydo bo`lishining oldini oladi.

Endi “SAG” kompaniyasidan akril gilam xarid qilmoqchi bo`lganingizda, qo`shimcha xizmatni – to`shamaga gidrofob vosita bilan ishlov berishni buyurtma qishingiz mumkin.

Bunday gilamlarni ofislarga, yo`lakchalarga to`shash tavsiya qilinadi. Shuningdek, mazkur to`shamalar oshxona va hatto yuvinish xonasi uchun ayni muddao.
Ushbu xizmat O`zbekistonda ilk bor joriy qilindi. U uy yumushlarini ancha yengillashtirishini inobatga oladigan bo`lsak, bu taklif ko`pchilikka ma’qul kelishi kutilmoqda.