Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​ Bir paytlar uchta xonadan kichik bir o‘quv markazi sifatid | PROFI EDUCATION

​​ Bir paytlar uchta xonadan kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan Profi Education hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. Endigi navbat albatta oliygoh edi va biz bu marraga ham yetib keldik.

Profi University mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi.

Hozirga kelib Profi Education yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz.

Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa ularga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti.

Shu maqsadda endi biz o‘zimizning aynan pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliygohimizni tashkil qilishga qaror qildik.

www.profiuniversity.uz - faqat yetuk kadrlar!

Manzil:
Abu Suleyman Banokati-17, mo'ljal Mirobod MIB

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Telegram |Instagram | Facebook | Linkedin |Tik Tok