Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​#Qabul_2021 |#Akademik_litsey ESLATMA! Akademik litseylar | lyceum_wiut_uz

​#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

ESLATMA!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Bugun, 20-avgust
litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube