Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

ТХВУнинг Университетга қадар курсларига YANGI ариза топширганл | lyceum_wiut_uz

ТХВУнинг Университетга қадар курсларига YANGI ариза топширганлар ва имтихондан ўта олмаганлар ДИҚҚАТИГА

ТХВУнинг Университетга қадар курсига кириш имтихони Жума, 17 СЕНТЯБРЬ куни соат 11:00 да бўлиб ўтади.


️Батафсил кўрсатмалар ва имтихон қоидалари сизнинг электрон почтангизга юборилди.
Илтимос
, ЭЛЕКТРОН ПОЧТАНГИЗНИ ТЕКШИРИНГ.

Imtihon boshlanishidan avval:

Pasportingiz (ID) /tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomangizni asl nusxasini olib kelishingiz kerak. Ushbu hujjatlarsiz imtihon xonasiga kirishga ruxsat berilmaydi;

Cpfsadmission.wiut.uz saytida ro'yxatdan o'tish vaqtida foydalangan login (elektron pochta) va parolingizni yoddan bilishingiz zarur.

Agar siz imtihon boshlanishidan kamida 60 daqiqa oldin kelmasangiz, sizga imtihon xonasiga kirishga ruxsat berilmaydi va imtihon sanasi boshqa kunga o'tkazilmaydi;

Tibbiy niqob taqishingiz kerak.

Barcha abituriyentlarning tana harorati kirishdan avval tekshiriladi va agar sizning tana harorati 37.0 darajadan yuqori bo'lsa, sizdan tibbiy xonada ko’rikdan o'tishingiz so'raladi.

Imtihonga quyidagi vositalar bilan kirishga ruxsat berilmaydi:

mobil telefon yoki har qanday elektron qurilmalar

kalkulyator

sumka, papka kabi boshqa ortiqcha buyumlar

Ota -onalarning binoga kirishiga ruxsat berilmaydi;

Imtihon boshlanishidan kamida 60 daqiqa oldin keling!