Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Live Futbol | Rasmiy ⏱

Логотип телеграм канала @livefutbol24 — Live Futbol | Rasmiy ⏱ L
Логотип телеграм канала @livefutbol24 — Live Futbol | Rasmiy ⏱
Адрес канала: @livefutbol24
Категории: Здоровье и Спорт
Язык: Русский
Количество подписчиков: 680
Описание канала:

⚽️Futbol muxlislari uchun maxsus kanal✔
📰 Yangiliklar
⚽ Online gollar
📸 Fotolar
🎬 Videolar
🥅 Anonslar
📺 TV Dasturlar1
🌐 Online Sharhlar faqat bizda!
Reklama: @Social_Energy_UZ
Jadval va narx: tg.segroup.me?uz

Рейтинги и Отзывы

4.00

2 отзыва

Оценить канал livefutbol24 и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

1

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения 15

2021-09-03 20:42:59 ​​ APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

◉ Markos Alonso (“Chelsi”) — 3 ta o‘yin|1 ta gol
◉ Mayl Antonio (“Vest Hem”) — 3 ta o‘yin|4 ta gol|3 ta assist
◉ Said Benrahma (“Vest Hem”) — 3 ta o‘yin|2 ta gol|2 ta assist
◉ Erik Dayer (“Tottenhem”) — 3 ta o‘yin|“Shporlar” bitta ham gol o‘tkazmadi
◉ Demarey Grey (“Everton”) — 3 ta o‘yin|2 ta gol
◉ Meyson Grinvud (“Man Yunayted”) — 3 ta o‘yin|3 ta gol

Eng yaxshi o‘yinchi muxlislarning hamda ekspertlarning ovozlari yordamida aniqlanadi.

@LiveFutbol24
13.5K views17:42
Открыть/Комментировать
2021-09-02 21:22:52 ​Messining oʻgʻillari “PSJ” akademiyasida shugʻullanadi

Lionel Mesining ikki oʻgʻli Tiago va Mateo “PSJ” akademiyasida shugʻullanadi.

5 yoshli Mateo “PSJ”ning U-7 jamoada harakat qiladi, 8 yoshli Tiago esa U-10 yoki U-9 jamoasida toʻp suradi, deya xabar qilmoqda LʼEquipe.

@LiveFutbol24
10.5K views18:22
Открыть/Комментировать
2021-09-02 21:22:52 ​Rasman: “Barselona” Lyuk de Yongni ijaraga oldi

Katalon klubi 31 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan 2022-yilning yoziga qadar ijaraga oldi. “Barsa” futbolchining maoshini toʻlaydi va ijaraga pul sarflamaydi.

“Sevilya” futbolchisi oʻtgan mavsum La Liganing 34 oʻyinida qatnashib, 4 ta gol urgandi.

@LiveFutbol24
10.5K views18:22
Открыть/Комментировать
2021-09-02 21:22:52 ​ Transferlarga oid eng so‘nggi yangiliklar bitta sahifada

“Chelsi” “Atletiko” yarim himoyachi Saul Nigesni 35 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 4 mlnga ijaraga oldi;

“Galatasaroy”ni tark etgan Radamel Falkao “Rayo Valyekano”ga oʻtdi. 35 yoshli futbolchi ispan klubi bilan “1+1” koʻrinishidagi shartnoma imzoladi.

“PSJ” “Sporting” himoyachisi Nunu Mendeshni 40 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 7 mlnga ijaraga oldi;

“Arsenal” Ektor Belyerinni “Betis”ga ijaraga berdi;

“Tottenhem” himoyachi Serj Orye bilan amaldagi shartnomani bekor qildi;

“Arsenal” “Bolonya” himoyachisi Takexiro Tomiyasuni 18 mln yevroga sotib oldi. Yaponiyalik futbolchi londonliklar bilan koʻp yillik shartnoma tuzgan;

@LiveFutbol24
10.5K views18:22
Открыть/Комментировать
2021-09-02 21:22:52 ​Rasman: Antuan Grizmann “Atletiko M”ga qaytdi

Transfer oynasining soʻnggi kunida fransiyalik futbolchi “Atletiko”ga qaytdi. Madrid jamoasi uni 40 mln yevroga sotib olish majburiyati bilan 10 mln yevroga ijaraga oldi.

@LiveFutbol24
10.5K views18:22
Открыть/Комментировать
2021-09-01 21:36:53Eng qimmat narxga sotilgan 36 yoshdan oshgan futbolchilar

“Yuventus”dan 15 mln yevro evaziga “Man Yunayted”ga oʻtgan Krishtianu Ronaldu reytingda yetakchiga aylandi.

Qizigʻi, ushbu roʻyxatda “Bunyodkor”ning xaridi ham oʻrin olgan. Toshkent klubi 2008-yilda 36 yoshli Rivaldoni “AEK”dan 1 mln yevro evaziga sotib olgan.

Top-10 lik roʻyxat bilan quyidagi suratda tanishing.

@LiveFutbol24
12.2K views18:36
Открыть/Комментировать
2021-09-01 21:36:53 Transferlarga oid eng so‘nggi yangiliklar bitta sahihada

Bugun tunda Yevropada transfer oynasi yopiladi.

“Tottenhem” Emerson Royal uchun “Barselona”ga 30 mln yevro (+5 mln bonus) toʻlaydi — The Athletic;

“Borussiya D” “Volfsburg” himoyachisi Marin Pongrachichni sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi;

“Xetafe” yarim himoyachisi Mark Kukrelya “Brayton”ga oʻtdi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi uchun APL klubi 18 mln yevro toʻladi va u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi;

“Roma” Xavyer Pastore bilan amaldagi shartnomani bekor qildi;

“Barselona” Antuan Grizmanni Joau Feliksga almashish borasida “Atletiko”ga taklif bilan chiqdi — TV3 Catalunya

Villian “Arsenal” bilan shartnomani bekor qildi va Braziliyaning “Korintians” klubiga oʻtdi;

“Shalke-04” Oʻzan Kabakni bir mavsumga “Norvich”ga ijaraga berdi;

“Tottenhem” Adama Traoreni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. “Vulverhempton” ispaniyalikni yoʻqotishni istamayapti va transfer uchun 50 mln funt soʻramoqda — Sky Sports;

“Chelsi” Denni Drinkuoterni “Reding”ga ijaraga berdi.

@LiveFutbol24
12.3K views18:36
Открыть/Комментировать
2021-09-01 21:36:53“Barselona” Edinson Kavanini sotib olmoqchi boʻldi, biroq “Yunayted” futbolchini qoʻyib yuborishni istamadi

Katalonlar “Manchester Yunayted” hujumchisiga qiziqish bildirgan. Futbolchining oʻzi transferga rozi boʻlgan, deya xabar qilmoqda Jerar Romero.

Biroq ingliz klubi taklifga rad javobini bergan.

@LiveFutbol24
12.3K views18:36
Открыть/Комментировать
2021-09-01 21:36:52Rasman: “Liverpul” Jordan Henderson bilan shartnomani uzaytirdi

Mersisaydliklar sardori “qizillar” bilan 2025-yilga qadar moʻljallangan bitim imzoladi.

Angliyalik futbolchi 2011-yildan buyon “Liverpul”da toʻp surib keladi.

@LiveFutbol24
12.3K views18:36
Открыть/Комментировать
2021-09-01 21:36:52Rasman: Krishtianu Ronaldu “Man Yunayted” bilan shartnoma imzoladi

36 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan “2+1” koʻrinishidagi shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq “Yunayted” futbolchining transferi haqida maʼlum qilgandi.

Xabarlarga koʻra, angliyaliklar Ronaldu uchun “Yuventus”ga 15 mln yevro toʻlaydi. Bu summa uch yil davomida qoplab beriladi. Shuningdek, 8 mln yevro miqdorida bonus ham nazarda tutilgan.

@LiveFutbol24
12.2K views18:36
Открыть/Комментировать