Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Real tasurotlarim. Koreys tilini boshlagandim. 6-oycha o'rgan | KOREYS TILI ✔

Real tasurotlarim.

Koreys tilini boshlagandim. 6-oycha o'rgandim, hayolimdagi narsa faqatgina tezroq koreyaga yetib olish. O'zimcha koreys tilini qotirib tashlayman. Agentliklarga bordim maqsad til kursiga topshirish edi. Borsam til sertifikatisiz bakalavrga topshirishim mumkinligi haqida aytib qolishdi. Ichki imtixonga tayyorlanishni boshladim 3oy tayyorlandim va imtixonga kirib o'tib chiqdim. Visaga topshirish payti keldi o'zimcha koreyada sayr qilyapman. Visaga topshirdim malum sabablar orqali atkaz oldim. (2021.03.22)

Eng qizig'i endi boshlandi. Atkaz olsa keyingi visa jarayoniga katta ta'siri bor) endi visa chiqmaydi) ~ deganlar ko'p bo'ldi. Karantin boshlanib qolgandi. Online chinakam tayyorlanib TOPIK 4 oldim. Boshida TOPIK 2bilimi bor edi halos. Juda ko'p Universtetlar bilan email orqali gaplashib chiqardim. Reytingi yuqori bo'lgan Milliy universtitetga 30% grant olib o'qishga kirdim. Menda qo'rquv kuchli edi yani O'qishga kirish muammo emas visa olish muammo) Elchixonaga topshirdim va visam chiqdi, Alhamdulillah. Bugun uchamiz

Atkaz olgan paytim hayolimga ko'p narsalar kelardi. Tanishlarim ko'pi visa olib ketardi, (2021-yil) telegram, instagramga Koreyadagi qo'ygan rasmlarini ko'rib rosa havas qilardim. Mana astoydil harakat qilib Allohdan so'ragan edik bizga ham Alloh ravo ko'rdi, Alhamdulillah.

Hammasi yaxshilikka!

Birinchi topshirgan universtitetimni 100% kantrakti 2.800$ (qo'shimcha firma to'lovi 500$) ~ Reytingi 1932.

Hozirgi universtitetimni 100% kantrakti 1.700$ (hech qanday firma to'lovlarisiz) ~ Reytingi 611.

Shu paytga qaraganda ancha pul tejadim va hech qanday firmalarsiz bevosita topshirib visa oldim. Bilmaganlar uchun hammasini o'rganamiz. Jarayon juda ham oson ekan. Hudo holasa yangi o'qishga topshirmoqchi bo'lganlar bilan (nima qilish kerak?, qanday dakumentlar kerak?, qanday hatolarga yo'l qo'ymaslik kerak?, universtitet tanlashda etibor berish kerak bo'lgan detallar) ni birgalikda o'rganib chiqamiz.

In sha Alloh yangi proektlar ko'p, birgalikda hammasini ko'rib chiqamiz.

P.s. O'zimdagi tasurotlarni sizlar bilan ulashgim keldi, hammasini o'qib chiqqan bo'lsangiz rahmat, ajiratgan vaqtingizga rozi bo'ling!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali meni kuzatib boring, yangiliklar hali oldinda
Telegram | Instagram

Yangi o'qishga topshirmoqchi bo'lganlar bormi? Reaksiya qoldiring. ( )