Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Ancha bo'lgan, o'qigan kitoblarim menda hayrat uchqunlarini | kitobоокнига♾

​​Ancha bo'lgan, o'qigan kitoblarim menda hayrat uchqunlarini yaratmay qo'yganiga va ruhimni ozuqalantirmay qo'yganiga, aynan shu kitob bilan yana qanotlari chiqqan qaldirg'och paloponlaridek his ettim.

Kitob rus romani hisoblanadi. Tasvirlash, tushuntirish usuli bilan diyaloglari o'sha klassikaga yo'g'rilganligi bilan alohidalikka erishadi.
Manzaraga boy asar deya olaman. Ta'riflari manzara bilan boshlab manzara bilan bitadi. Sizni qo'lingizdan tutib keng yaylov, o'tloq chigirtkalari sayrab turgan qayerdadir suvning shildirashi eshitilayotgan o'rmon nafasini his ettiradigan "Oblomovkaga" yetaklaydi.
Tanishasiz bir boshdan aynan bosh qahramon Ilya Ilich bilan. Uning qariyib 200 safihada ham o'z o'rnidan turmay kechiradigan hayot tarzini o'qib "nahotki" demaslikni ilojisi bo'lmay qoladi. O'qiganingiz sari aqlingiz hayron qolishi turgan gap, agar, qabullana olmasangiz bemalol kulib kechishingiz mumkin zero Oblomovlar uchun buni farqi yo'q.

Asarni qahramonlari Olga, Zahar, Taranteyev, Matveyich, Stolts va boshqalar bilan munosabatda bo'lgan o'z hayot tarzini yaratgan Oblomovni birga taniysiz.
Andrey Stols bu asarda men sevgan qahramonga aylandi, uni insonlarga nisbatan tushunish qobilyati va inson kechinmalarini tahlil qilishi e'tiborimni tortdi. Dunyoqarashi keng insonlarni zidlik vaziyatlar yoki noqulayliklar yaratmaslik, boricha qabullanishlarini bu obrazda ochib bergani Goncharovni o'zi aslida shu obraz emasmikan degan fikrga ham undadi.

Aslida, Oblomov hammaga o'xshagan xarakter emas "U bizni hayotimizda uchratadigan, balki duch kelgan insonlarimizning ruhi holidir".
"Oblomovlik" kasalligi esa jamiyatning bir bo'lagi uni o'qirkan menga bu kasallik yuqanmikan yo'qmi deb o'ylamagan kitobxon bo'lmasa kerak,


Ma'lumotlarga qaraganda kitob 1 oy ichida yozilgan ekan lekin yozuvchi aytadiki: "Asarni 1 oyda yozilgani imkonsiz bo'lishi mumkin, lekin unutmaslik kerakki bu asarni yillardir aqlimda tashigandim, uni faqat qog'ozga tushurish qolgandi holos"


p.s. Asarda ikki katta dunyolarni yonma-yon ekanligi ko'rinadi bu Stolts va Oblomov obrazlari (mehnatkashlik va dangasalik).

@kitobooknigam