Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Farangiston dorilfununing (Fransiya Univeritetining) Sharl S | kitobоокнига♾

​​Farangiston dorilfununing (Fransiya Univeritetining) Sharl Sanivyus ismli muallimi quyidagilarni qayd etgan: "11 asrda Yevropa va Islom olami butunlay bir-birlariga qarshi edilar. Yevropa shaxarlari kichik va oddiy, qishloqlari vayron kulbalardan iborat edi.
Yo'lda o'ldirishlaridan qo'rqib, hech kim o'z uyidan o'n farsah uzoqqa borolmas edi. Islom olami esa Bag'dod, Shom, Misr va Andalus singari butunlay obod va ko'rkam shaxarlar, marmar bilan bezalgan saroylar, mukammal korxonalar, hashamatli madrasa va maktablar muzayyan va ozoda bozorlariga ega edi. Ispaniya bilan Turkiston o'rtasida savdo korxonalari bemalol borib-kelardi. Yevropaliklar musulmon taraqqiyotini holis niyat bilan qabul qilib, kasb va ilm o'rganish niyatida islom shaharlarida tahsil ko'rar edilar. Yevropa musulmonlar bilan
munosabatda va aloqada bo'lish yo'li orqali tarqqiy etgan. Yevropaliklarni islom olamidan qabul qilgan ishlari quyidagilar:
ZIROAT: ko'k bug'doy, tut daraxti, guruch, xurmo, limon, mandarin, paxta qahva va nayshakar.
SANOAT: shohi gazlamalar, zar to'qish, shisha, oyna ... va qog'oz
ILM-FAN: aljabr va al-muqobala, handasa, chizmachilik, kimyo va hk.
Bu bir buyuk farang muallimining islom olami taraqqiyoti haqida bildirgan iqroridir.

Asar nomidan ham his etsa bo'ladi sayohat haqida ekanligini, ha kichik bir sayohat (33 sahifalik) qayerga deysizmi "Buxoro amirligi"ga.
Asarda Fitrat amirlikning mang'itlar sulolasidan meros qolgan qoloqlik, bid'at, xalq qonini so'ruvchi amiru amaldorlar, ajnabiy fabrikantlar, mahalliy boylar, savodsiz muftilar, mahalliy savdogarlar, umuman olganda bir necha sohalarni tanqid qilgan, ularni yangilanishga chorlaydi millat g'ururi, boyligi hunarmandchiligiyu amaliy san'atini asrashga va yuksaltirishni ta'kidlagan.



P.S. o'qigan odam afsuslanmaydi, ko'pgina foydali ma'lumotlar sohibi bo'lasiz, tarix darvozasini bugungi kun qarashlari ila ochib Hind sayyohi bilan birgalikda sayohat qilishga nima deysiz,


maroqli mutolaalar tilagan holda


Abdurauf Fitrat
#HindSayyohi