Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Raqamli O‘zbekiston — 2030 UZKAD tizimiga Garov reyestri, 'N | e-gov.uz

Raqamli O‘zbekiston — 2030

UZKAD tizimiga Garov reyestri, "Notarius" AAT, Ko‘chmas mulk ob’ektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri, "Davlat mulki" axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reyestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va ko‘chmas mulk ob’ektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yulga quyiladi.

Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudovning ma’lum qilishicha:

onlayn ma’lumot almashinuvi paytida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shu sababli UZKAD tizimida bo‘lmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu huquq UZKAD tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va ma’lumot taqdim etiladi;

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq, bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, ko‘chmas mulk haqida ushbu tizimda bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l quyilmaydi, ma’lumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi;

jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan UZKAD tizimidan olinadi;

Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha "mulk tarixi"ga oid ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘ladi va ulardan xaq evaziga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalaniladi.

@MyGovUz | @eGovUz