Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

'Yunusobodda ilm o'chog'i' ta'lim granti g'oliblari aniqlandi | Cambridge Learning Centre

"Yunusobodda ilm o'chog'i" ta'lim granti g'oliblari aniqlandi

Eng katta filialimiz ochilishi munosabati bilan kam ta'minlangan hamda boquvchisini yo'qotgan oila farzandlari uchun mo'ljallangan "Yunusobodda ilm o'chog'i" ta'lim grantining g'oliblari aniqlandi.

Ushbu grantga umumiy 331 ta ariza kelib tushgan va birinchi saralashdan so'ng, suhbatga 93 nafar o'quvchi chaqirilgan edi.

Ikkinchi bosqichda esa, nomzodlarni suhbatga chaqirib, ularning maqsadlari, ishtiyoqlari va oilaviy sharoitlari chuqur o'rganildi va yakuniy natijalarga ko'ra 43 nafar yoshlar ta'lim granti g'olibiga aylandi.

Ushbu ta'lim granti doirasida 65 nafar yoshlar uchun joylar ajratilgan edi. Biz, endilikda to'lmay qolgan 22 ta grantni Yunusobod tumani hokimyati tomonidan tasdiqlangan, Yunusobodda istiqomat qiluvchi, kam ta'minlangan oila farzandlariga berishga qaror qildik.

Batafsil

Grant haqida yangi ma'lumotlarni keyingi postlarimizda kuzatib boring!

Tel: +998712001115