Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​​ Har kuni 60 daqiqada ingliz tilini o'rganish tartibi Ush | Cambridge Learning Centre

​​​ Har kuni 60 daqiqada ingliz tilini o'rganish tartibi

Ushbu maqolamiz yordamida siz uchun mustaqil ravishda har kuni 60 daqiqa sarflab ingliz tilini o'rganish tartibini ulashmoqchimiz. Demak, boshladik!

Og'zaki nutq amaliyoti - 10 daqiqa.
Bu amaliyot uchun siz ingliz tilida har kuni 10 daqiqa gapirishingiz kerak. Buning uchun, ingliz tilida kuningizni tasvirlang, yaxshi voqealaringizni hikoya qilib bering, maqsadlaringiz haqida gapiring, ayni damda nima qilayotganingizni tasvirlang.

Tinglash mashg’uloti - 30 daqiqa.
Ushbu mashg'ulot uchun siz ingliz tilida eshitishingiz yoki biror ko’rsatuv ko’rishingiz kerak. Nimalarni ko’rishingiz yoki eshitishingiz mumkin? Kinolar, videolar, audio kitoblar, podcastlar, ingliz tilidagi ko’rsatuvlar, yangiliklar.

Ifodali o'qish - 20 daqiqa.
Bu mashg’ulotda siz ifodali ravishda kitob, gazeta, jurnal maqolalari, qisqa hikoyalar o'qishingiz mumkin. Bu mashg'ulot sizni lug'at boyligingizni oshiradi va sizni ingliz tilida gapirishga tayyorlaydi.

Shunchaki 60 daqiqalik ingliz tili bilan shug'ullanish tartibi sizga ingliz tilini tezroq o'rganishga yordam beradi. Hozirgi paytda ingliz tilini o'rganish uchun siz nima qilmoqdasiz? Izohlarda javobingizni yozib qoldiring!