2022-04-26 15:31:10
Firibgarlar sizning kartangizgacha yetib borishlarini xohlamasangiz, ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling.
Mana, pulingizni himoya qilishning bir necha oddiy qoidalari.
Karta fotosuratini joylamang va uning ma'lumotlarini oshkor qilmang.
Agar sizdan SMS-xabarlar orqali PIN-kodlar yoki CVC/CVV kodlarini kiritish so‘ralsa, bu ogoh bo‘lish uchun sababdir. Bunday ma'lumotlar hatto bank xodimlariga ham oshkor etilmasligi kerak!
Onlayn to‘lovlar uchun ikkinchi kartani oching.
Masalan, virtual. Va buyurtma uchun to‘lashingiz kerak bo‘lgan miqdordagi pulni tashlang.
Hisob raqamingizdan chiqing.
Ayniqsa boshqa birovning qurilmasidan ijtimoiy tarmoqqa kirgan bo‘lsangiz. Qurilma notanishlarning qo‘liga tushib qolishi mumkin, keyin esa ma’lumotlaringiz xavf ostida qoladi.
Profilingizdan maʼlumotlar ombori sifatida foydalanmang.
Ba'zan bu qulay, lekin yodingizda tuting: ma'lumotlar firibgarlar qo‘liga tushib qolishi xavfi mavjud. Shuning uchun turli hujjatlar, parol, chipta va hakazolarni saqlash hamda uzatishdan saqlaning.
Notanish odamlardan kelgan havolalar bo‘ylab o‘tmang.
Ayniqsa, notanish saytlarga kartangiz ma'lumotlarini kiritmang!
Hushyor bo‘ling va doim oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.
~
Не хотите, чтобы до вашей карты добрались мошенники — будьте осторожны в социальных сетях.
Вот несколько простых правил, чтобы защитить свои деньги.
Не отправляйте фото карты и не передавайте ее данные.
А если вас просят сообщить PIN-коды из SMS-сообщений или CVC/CVV код — это повод насторожиться. Такую информацию нельзя сообщать даже сотрудникам банка!
Откройте вторую карту для онлайн-платежей.
Например, виртуальную. И закидывайте на нее столько денег, сколько нужно для оплаты заказа.
Выходите из учетной записи.
Особенно, если заходили в соцсети с чужого устройства. Оно может оказаться в чужих руках, и тогда ваши данные окажутся под угрозой.
Не используйте профиль как хранилище данных.
Это удобно, но помните: есть риск, что информация окажется у мошенников. Поэтому воздержитесь от хранения и передачи различных документов, паролей, билетов и т.д.
Не переходите по ссылкам от неизвестных людей.
И тем более не вводите на незнакомых сайтах данные вашей карты!
Будьте бдительны и всегда придерживайтесь простых правил безопасности.
810 views12:31