2022-08-23 15:21:19
Kecha Fransiya elchixonasi tomonidan Fransiya ta’lim muassasalari bitiruvchilarining O‘zbekistondagi birinchi uchrashuvi “France Alumni” tashkil etildi.
Mazkur tadbir Fransiya oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoki Fransiyada o‘qishga tayyorlanayotgan yuzga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini Fransiya qarorgohida birlashtirdi.
Elchi Oreliya Bushez o‘z nutqida ushbu talabalar Fransiyada olgqn ta’lim yo’nalishlarining xilma-xilligi va yuqori saviyasini qayd etdi. Shuningdek, elchi bu yil o‘ttizga yaqin o‘zbekistonlik stipendiya olganini ma’lum qildi. Elchi bu uchrashuvlar davomiy bo’lishiga va talabalar o‘rtasida fikr almashish davom etishiga umid bildirdi.
Shu munosabat bilan ushbu hamjamiyatni birlashtirish va unda muloqotni osonlashtirish maqsadida bitiruvchilar uchun Telegram kanali tashkil etildi. Agar bu sizga taalluqli bo‘lsa, unga hoziroq kanalga obuna bo‘ling!
Посольство Франции организовало вчера первую встречу выпускников французских учебных заведений «France Alumni» в Узбекистане.
Это мероприятие собрало в Резиденции Франции около ста граждан Узбекистана, окончивших французские высшие учебные заведения или готовящихся к обучению во Франции.
В своем выступлении посол Орелия Бушез отметила разнообразие и высокий уровень подготовки, которую эти студенты прошли во Франции. Она также объявила, что в этом году около тридцати узбеков получили стипендию. Она выразила надежду, что за этим вечером последуют многие другие, и что обмен мнениями между студентами будет продолжаться.
По этому случаю был создан Telegram-канал для выпускников, чтобы объединить это сообщество и облегчить общение внутри него. Присоединяйтесь к нему сейчас если это вас касается!
1.1K viewsedited 12:21