Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

NAFS VA INSON SUHBATI ! - Nafs: - 'Mana senga kerak bo‘lsa ta | 💁‍♂️ Закийлар // Ибратлари 🇺🇿

NAFS VA INSON SUHBATI !

- Nafs: - "Mana senga kerak bo‘lsa taxt".
• Inson: - "Yo‘q kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

- Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".
• Inson: - "Yo‘q yorim bor, baxtlimiz bizlar".

- Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".
• Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

- Nafs: - "Undan ko‘ra sen o‘ynab kulgin...".
• Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

- Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".
• Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

- Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".
• Inson: - "Halolga xo‘p, qolgani jafo".

- Nafs: - "Sharoblar bor. Mast bo‘lib ko‘rgin!".
• Inson: - "Uni qo‘y. Iymon lazzatin tuygin".

- Nafs: - "Ko‘zingni och dunyo makrdir...".
• Inson: - "Makrlarga to‘siq zikrdir".

- Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting g‘urbat".
• Inson: - "Yo‘q umidim abadiy Jannat".

- Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".
• Inson: - "Kel Haq yo‘lda yordam ber menga".

- Nafs: - "Roziman ho‘p. Iymon shartlarin bildir".
• Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

- Nafs: - "Qullik qanday bo‘ladi aytgin?".
• Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

- Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".
• Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"

Kanalga oboʻna boʻling

➥ https://t.me/+plZvoZV4uTNjNGFi

➥ Yᴀϙɪɴʟᴀʀɪɴɢɪᴢɢᴀ ᴜʟᴀsʜɪɴɢ