Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

[Переслано из Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi rasm | Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация

[Переслано из Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi rasmiy telegram sahifasi]
DIQQAT DIQQAT

#Tanlov
#Bolalarga_bering_dunyoni

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “20-noyabr Butun jahon bolalar kuni”ga bag‘ishlangan online ko'rik-tanlov e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi 2 ta yo‘nalishda tashkil etiladi:

Eng ta’sirli tayyorlangan “Bola huquqlari”ga oid videorolik (videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli yoki animatsion tasvirlar asosida yaratilgan hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur);

Eng ma’noli chizilgan “Bola huquqlari”ga oid rasm (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan, bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur);

Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 25-oktabr kunidan boshlab, 15-noyabr kuniga qadar telegram kanali orqali tanlovni tashkil etish nizomida belgilangan formatlarda material muallifining FISh, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.
Tanlov bo‘yicha batafsil tasdiqlangan nizom bilan quyidagi havola orqali tanishing.
https://telegra.ph/Online-tanlovni-tashkil-etish-tartibi-togrisidagi-NIZOM-10-21-2

Tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan Respublikamizning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo'nalish bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, har bir hududdan bir nafardan eng faol ishtirokchilar sertifikat bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlov shartlariga muvofiq yuborilgan ijodiy ishlar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Inson huquqlari Milliy markazining rasmiy YouTUBE, facebook va instagram sahifalarida yoritib boriladi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabimning rasmiy internet sahifalari
YouTUBE: https://www.youtube.com/channel/UCor2zyYXewS0MMYJ_ZUpjdg
Facebook: https://www.facebook.com/Respublika-Barkamol-avlod-maktabi-109677801198800/
Instagram: https://www.instagram.com/invites/contact/?i=py2z7a5r3qs&utm_content=lr87myh

Inson huquqlari Milliy markazining rasmiy internet sahifalari
YouTUBE: https://www.youtube.com/channel/UCor2zyYXewS0MMYJ_ZUpjdg
Facebook: https://www.facebook.com/insonhuquqlari

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE