Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

«O'zbekiston uchun 100 g'oya» loyihasini e'lon qilamiz! Yosh | ЯНГИЮЛЬЦЫ(канал)🇺🇿

«O'zbekiston uchun 100 g'oya» loyihasini e'lon qilamiz!

Yosh davlat xizmatichisi sifatida ish boshlaganimdan beri boshqa yoshlar ham g'oyalarini Prezidentimizning jamoalarida tatbiq qilishlarini ko'p reja qilardim.

Yil boshida Prezidentimiz tashabbuslari bilan ushbu taklif qabul qilindi. «O'zbekiston uchun 100 g'oya» — muhandislarga, dasturchilarga, kreativ fikrlaydigan, tanqidiy-tahliliy fikrlaydigan yoshlarga o'z g'oyalarni amalga oshirish uchun yangi bir imkoniyat eshigi ochildi.

Loyihaning ilk qadamlarini boshladik. Hukumat vakillari yoshlarga murojaat bilan chiqishmoqchi. O'z sohalaridagi muammolarni qo'rqmasdan aytib, taklif bera oladigan yoshlarni mana shu jarayonga jalb etishni reja qilganmiz.

30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar o'z g'oyalarini 30-iyunga qadar 100ideas.uz sayti yoki @yuzideas_bot manzili orqali yuborishlari mumkin. Batafsil.

Barcha yigit-qizlarimizni faol ishtirok etishga chaqiraman! G'oyalarni vatan ravnaqi yo'lida ishlatadigan onlar keldi.
Video HD