Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Yakkasaroyda 'Sharq bozori' yarmarkasi o‘tkaziladi Hurmatl | ДЕТВОРА

Yakkasaroyda "Sharq bozori" yarmarkasi o‘tkaziladi

Hurmatli yakkasaroyliklar bugun soat 19:00da “Next” savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Sharq bozori” yarmarkasi o‘tkaziladi.

Yarmarka O‘zbekistonning barcha burchaklaridan kelgan hunarmand va ustalarni bir joyga yig‘adi.

Ko‘rgazma quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:

O‘zbek milliy buyumlari: qo‘g‘irchoqlar, liboslar, shaxmat;

Suvenirlar, o‘yinchoqlar, sovg‘alar, breloklar;

Zargarlik buyumlari: uzuklar, sirg‘alar, zanjirlar, marjonlar,bilaguzuklar, tugmalar, to‘g‘nag‘ichlar;

Uy uchun tekstil mahsulotlari: dekorativ yostiqlar, adyollar, pardalar;

Tabiiy charm mahsulotlari: kartinalar, sumkalar, poyabzal, kamar, hamyon, hujjat jildlari, foto albomlari, soch bezaklari;

Barchani ushbu yarmarkaga taklif qilib qolamiz.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati