Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#YHQ Toshkent shahar IIBB boshlig'ining   o'rinbosari polkovn | ВОДИТЕЛИ ТАШКЕНТА - DRIVERS.UZ

#YHQ

Toshkent shahar IIBB boshlig'ining   o'rinbosari polkovnik M.S.Aliqoriyev, yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi taksi haydovchilari bilan uchrashdi va yo'llarda harakatlanganda, yo'l harakati madaniyatiga rioya qilishlari,  haydovchilar bir-birlarini hurmat qilishlari kerakligi haqida aytib o'tdilar. Ushbu targ'ibot tadbirlaridan ko'zlangan maqsad yo'l talashib, haydovchilar o'zaro bir birlari bilan urushib, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan bezorilik jinoyatining barvaqt oldini olishdir.

Targ'ibot tadbiri davomida faoliyat, olib borayotgan yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi taksi haydovchilarining  avtomashinlariga ogohlikka chaqiruvchi bukletlar yopishtirilda. Ushbu bukletlardagi yozuvlar avtomashinaga o'tirayotganda hamda avtomashinadan tushayotganda, haydovchi va yo'lovchining diqqatini tortib, hushyorlikka chaqiradi
.

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati

@vtchannel