Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Diqqat, e’lon Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi de | 🇺🇿 Водители Бухары (official)

Diqqat, e’lon

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmatining server qurilmalarida texnik-profilaktik ishlar olib borilayotganligi tufayli, 2022-yilning 31-avgustidan 5-sentyabriga qadar my.gov.uz (YIDXP)dagi "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish", "Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish", "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya" kabi tizim bilan bog‘liq xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish" xizmati uchun to‘lovni amalga oshirganlar ruxsatnomasi texnik ishlar yakunidan so‘ng taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Подписывайтесь
@voditelibukhari