2021-04-27 07:44:07
Hammasi bitta ofisda. ⠀
UZTELECOM butun respublika bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish hamda yangilash bo‘yicha yirik loyhalarni amalga oshirishni davom ettirmoqda.
⠀
Poytaxtning ikki nuqtasida – Chilonzor (manzil: Chilonzor-M dahasi, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 8А) va Mirzo Ulug‘bek (manzil: Sayram ko‘chasi, 7-tor ko‘cha, 2-uy) tumanlarida shinam va yangilangan sotuv ofislari abonentlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
⠀
Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yerda mijozlarga keng aloqa xizmatlaridan tashqari, «STARS RETAIL» bilan hamkorlikda eng zamonaviy abonent qurilmalarini sotib olish taklif etiladi.
⠀
Shunday qilib, bir joyning o‘zida abonentlar telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlariga ulanishlari, to‘lovni amalga oshirishlari va servisdan foydalanishlari, shuningdek dunyo brendlarining abonent qurilmalarini xarid qilishlari ham mumkin.
⠀
Barcha mahsulotlar sertifikatlangan va kerakli kafolatli xizmat bilan ta'minlanadi.
⠀
Shuningdek, smartfon sotib olayotgan xaridor uch turdagi muddatli to‘lovlarga (3, 6 va 12 oyga) ega bo‘lishi ham mumkin.
⠀
Eslatib o‘tamiz, UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini qayta to‘liq ta'mirlash loyihasining asosiy konsepsiyasi abonentlar uchun eng shinam va qulay ofislarni yaratishdir.
⠀
UZTELECOM – Milliy operator.
Website | Facebook | Instagram | Telegram
MyUZTELECOM ni bu yerdan yuklab oling:
AppStore Google Play
3.6K viewsedited 04:44