Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Yaxshi yangiliklar vaqti keldi. ⠀ 13-fevral kuni Dasturiy ma | UZTELECOM

Yaxshi yangiliklar vaqti keldi.

13-fevral kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) ning majmua shou-rumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov bilan AKT sohasida faoliyat yurituvchi, shuningdek sohaning o‘quv muassasalarida tahsil oluvchi yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslari hamda juda muhimligi ta’kidlandi va AKT sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha takliflar bildirildi.

Asosiysi — taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Shunday qilib, UZTELECOM ning birdaniga olti nafar yosh xodimlari vazirlikning tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Bu hali hammasi emas.

11 ta maxsus nominatsiya bo'yicha g'olib bo'lganlar ham tashakkurnomalar va esdalik sovg'alar bilan "O'zbektelekom" AK tomonidan taqdirlandilar:

«Yil yetakchisi»
«Yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qilgan eng faol yosh xodim»
«Eng uzoq masofaga aloqa kabellarini yotqizishga ishtirok etgan yosh xodim»
«Eng ko‘p antenna - machta inshootlarini qurishida ishtirok etgan yosh xodim»
«Eng ko‘p mijozlarni internet (GPON, ADSL, FTTx texnologiyasi asosida) tarmog‘iga ulagan yosh xodim»
«Eng ko‘p mijozlarni mobil aloqa tarmog‘iga ulagan yosh xodim»
«Call - markazi orqali eng ko‘p mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatgan yosh operator»
«Eng yaxshi yosh dasturchi»
«Eng yaxshi yosh innovator»
«Eng yaxshi «START - UP»
«Eng yaxshi ilmiy - tahliliy maqola muallifi bo‘lgan yosh xodim»

Kompaniya nomidan taqdirlangan barcha yoshlarni muborakbod etamiz va ularga Vatan ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlarida zafarlar va ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

UZTELECOM – Milliy operator.

Website | Facebook | Instagram | Telegram

MyUZTELECOM ni bu yerdan yuklab oling:

AppStore Google Play