Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Urganch shahrida UZTELECOM ning yangilangan savdo va xizmat ko | UZTELECOM

Urganch shahrida UZTELECOM ning yangilangan savdo va xizmat ko'rsatish ofisi ochildi.

2021 yil 15 fevralda Urganch shahrida UZTELECOM Milliy operatorining yangilangan, zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bayram tantanasida Kompaniya rahbariyati va Xorazm filiali rahbariyati vakillari ishtirok etishdi. Tadbir mehmonlariga ofis bilan tanishish safari o'tkazildi, ular u yerda Kompaniya xizmatlariga ulanish imkoniga ega bo'ldilar, shuningdek esdalik sovg'alari ham topshirildi.

O'zMobayl filialining savdo va xizmat ko'rsatish ofislari rekonstruktsiya qilish loyihasining asosiy kontseptsiyasi - abonentlar uchun eng ergonomik va qulay ofislarni yaratishdir. Endi ular UZTELECOM Milliy operatorining barcha xizmatlarini, ya'ni uy Internetidan tortib mobil aloqagacha bo'lgan xizmatlarni bir joyda, joylashgan hududidan qat'i nazar, bir xil darajada tez va qulay tarzda ulash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Loyiha rejasiga ko'ra, Respublikamizning barcha viloyatlarida yangilangan ofislar bir xil Eco Hi-tech uslubida loyihalashtiriladi va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlar bilan jihozlanadi.

Website | Facebook | Instagram | Telegram

MyUZTELECOM ni bu yerdan yuklab oling:

AppStore Google Play