Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Joriy yilning 29-avgustidan 4-sentyabriga qadar Qirg‘iziston R | UZTELECOM matbuot kotibi | Timur Mamadjanov

Joriy yilning 29-avgustidan 4-sentyabriga qadar Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida sportning vоleybol turi bo‘yicha Osiyo chellenj kubogi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda UZTELECOM jamoasi sportchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ham g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Ta’kidlash joizki, Kompaniya mamlakatimiz yoshlari ishtirokidagi har qanday sport musobaqalarini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hamyurtlarimiz guruh bosqichida Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

UZTELECOM jamoasi sportchilarga g‘alabaga erishishda omad tilaydi.

Batafsil:

@uztelecomuz
@uztelecompress