Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Muqaddas Haj safariga yo‘lga chiqayotganlar uchun foydali roum | UZTELECOM matbuot kotibi | Timur Mamadjanov

Muqaddas Haj safariga yo‘lga chiqayotganlar uchun foydali rouming!

Yaqin kunlarda baxtli o‘zbekistonliklar muqaddas Haj ziyoratiga otlanishadi. Makka va Madina shaharlarida yaqinlari va do‘stlari bilan aloqada qolish barcha uchun qulay hamda foydali bo‘lishi uchun UZTELECOM ZAIN operatori tarmog‘i orqali xalqaro rouming uchun maxsus daqiqalar va internet-trafik paketlaridan foydalanishingiz mumkin . SIM-kartani almashtirmasdan ham O‘zbekiston bilan aloqada bo‘lish ancha oson

Taklif etilgan paketlardan birini faollashtirish orqali siz UZTELECOM milliy operatorining xalqaro mobil aloqa va mobil internet xizmatlaridan ko‘plab imtiyozlar bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

MUHIM! Xalqaro rouming xizmatlarini O‘zbekistondan ketishdan oldin faollashtirish zarur.

Xizmatlarni faollashtirish uchun *188# USSD so‘rovi yoki MyUZTELECOM ilovasidan foydalaning.

Belgilangan muqaddas amallaringizni bajaring, ziyorat davomida sokinlik lahzalaridan bahramand bo‘ling va UZTELECOM yordamida eng qulay sharoitlarda yaqinlaringiz bilan birga aloqada bo‘ling!

UZTELECOM – Milliy operator.

Website | Facebook | Instagram | Telegram