Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bugun “Navoiyazot” AJ asosiy faollar zalida “Yangi O‘zbekiston | O`zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali

Bugun “Navoiyazot” AJ asosiy faollar zalida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida respublikamiz mustaqilligining yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkillashtirildi.
Tadbir avvalida ko‘p yillik halol va samarali mehnatlari uchun bir guruh kimyogarlarni “O‘zkimyosanoat” AJ, viloyat va shahar hokimliklari hamda korxona Faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi, so‘ngra esa badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda korxona rahbariyati, faollari va ishlab chiqarish faxriylari ishtirok etishdi.
Kechada “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi O.Temirov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda taqdirlanuvchilarga mukofotlarni topshirdi. Tantana ko‘tarinki ruh va shodon kayfiyatda davom etdi.

———————————————————
Веб-сайт | Telegram | Facebook | Instagram