Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#ShHT #ШОС #agro #agroinnovatsiya Bugun Shanxay hamkorlik tas | "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti

#ShHT #ШОС #agro #agroinnovatsiya
Bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga aʼzo 8 ta davlatning qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy ekspert ishchi guruhining gibrid formatda (onlayn va oflayn) yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ishtirokchilar “aqlli” qishloq xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha ShHT Konsepsiyasi loyihasi yuzasidan fikr almashishdi. Ishtirokchi davlatlar ushbu Konsepsiyani 2022-yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlarining sammiti chog‘ida qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan imzolashga qaror qilishgan.

Bundan tashqari, ShHT Kotibiyati hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi hamda 25-iyul kuni ShHTga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlari VII yigʻilishi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Quyoshli O‘zbekiston” meva-sabzavot ko‘rgazmasini tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM