Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​Endilikda NFCni qo'llab-quvvatlaydigan yangi UZCARD kartalari | UZCARD

​Endilikda NFCni qo'llab-quvvatlaydigan yangi UZCARD kartalarini O'zbekiston Respublikasi bo'ylab Xalq Banki filiallaridan ham olish mumkin.

Yangi namunadagi UZCARD kartalari bo’rttirib chiqarilgan dual kartalar bo‘lib, ulardan NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz usulda ham va odatiy kontaktli usulda ham savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirish, bankomat xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, "bir marta tegish" orqali jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Mijoz bankka murojaat qilgan vaqtdan boshlab kartani chiqarish va faollashtirishgacha bo'lgan UZCARD kartasini shaxsiylashtirish jarayoni taxminan 5 daqiqa davom etadi.

Ayni vaqtda UZCARD kartalarini tezkor chiqarish quyidagi banklarda mavjud: "O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" AJ, "Agrobank" ATB, "Asakabank" AJ, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB "Garant bank" AJ, "Davr bank"XATB, "Hamkorbank" ATB, "Xalq banki" AK. Bu respublika bank bo'linmasining qariyb 50 foizini qamrab oladi.

2023-yil oxiriga qadar kompaniya mamlakatimizning barcha bank filiallarini plastik kartalarni taqsimlangan emissiya xizmatiga ulash orqali mamlakatning barcha fuqarolari uchun yangi bo’rttirib chiqarilgan tezkor va qulay UZCARD kartalarini olish imkoniyatini taʼminlashni rejalashtirmoqda.