Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-28 18:55:57 Eksperimental rubrika. Har yakshanba hafta davomida o’zim duch kelgan 5-6 ta yangilik/tadqiqot/maqola/ta’lim resursi va ularga ilovalar bilan bo’lishaman. Masalan, MR blogini biladiganlar formatni biladi.

1. Qimmatli qog’ozlar - aksiyalar bilan savdo qilmoqchi bo’lgan har qanday investor buxgalterlik balanslarini o’qiy olishi va talqin qila olishi kerak. Aks holda bozordan uzoq yuring. Twitterda tred.

2. Baydenning talabalar krediti dasturi tagida biz bilgandan ham kattaroq muammolarni keltirib chiqarar ekan. Aleks Tabarrok yozmoqda.

3. AQSh markaziy banki foiz stavkalarini hozirgidan ancha balandroqqa ko'tarmasdan inflyatsiyani ushlab turishi mumkinmi? Jon Koxreyn kolonkasi.

4. Davlat ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishmaganda xususiy sektor yordamga keladi. Sovet tadqiqotchilarini qutqargan Soros dasturining effekti haqida ilmiy maqola.

5. Agar kambag’al toifadagi bolalar o'z do'stlarining kamida 70 foizi boy toifadagi bolalar bo'lgan mahallalarda o'sishsa - bu ularning kelajakdagi daromadlarini o'rtacha 20 foizga oshirar ekan. Bu tabaqalararo do’stlik, ya'ni o’zaro iqtisodiy bog’liqlik faktori boshqa ma’lum faktorlardan - maktab sifati, oilasi, ish o'rnilarining mavjudligi yoki irqiga qaraganda kelajakdagi daromadlarga, kambag’allikdan chiqishga ancha ko’proq ta’sir qilar ekan. Raj Chetty va uning hammualliflari tomonidan muhim tadqiqot Nature jurnalida chiqdi. NYT yoritgan. Shu haqda batafsil post yozayotgan edim, cho’zilib ketdi, tugatib, yozib qo’yarman.

6. O’zini Rotshildlar merosxo’ri deb aldab ko’rsatgan ukrainalik ayol Trampga yaqin bo’lib olibdi, Mar-a-Lagoga be’malol kirib-chiqib yuribdi. Insider maqolasi.

P.S. O’zim bilmagan holda, tasodif bilan bitta postda Rotshildni ham va Sorosni tiliga olibman. Uyat.

@uzbekonomics
507 views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:59:44 Нотаниш одамлар билан танишинг, суҳбатлашинг.

Бугунги таймсдаги Бруксни ёзгани жуда зўр мақола экан. У бир нечта тадқиқотлардан хулоса келтирмоқда.

Қизиқ иқтибос:

«Кўпчилик ижтимоий интеракциядан (тўқнашув/суҳбат) қанчалик завқ олиши ҳақида систематик равишда хато қилади. Масалан, тадқиқотларга кўра, транспортда юрадиган йўловчилар, агар нотаниш одам билан суҳбат қилсалар — йўл анча ёқимсиз бўлади деб ўйлашар экан. Тадқиқотчилар эксперимент қилиб кўришибди, экспериментда бир гуруҳ одамларга йўлда кетаётиб бегона билан суҳбатни бошлаш айтилган, бошқа гуруҳга эса ундай қилиш айтилмаган. Қизиқ томони, экспериментда нотаниш одамлар билан суҳбатни бошлаган одамларни йўл ва саёҳатлари — экспериментда суҳбатни бошлаши керак бўлмаган гуруҳдан кўра анча ёқимлироқ бўлган. Бу тадқиқотни қизиқ томони, деярли барча одам, биров билан суҳбат қилиш ғоясини бунчалик ёқимли бўлади деб ўйламас экан. Жим кетишни хуш кўради ва суҳбат қилмасликни анча ёқимли деб ўйлайди.»

Мен ишлайдиган кафедрадаги бир тадқиқот ҳақида ҳам ёзибди Брукс. Став Атир — Висконсин профессорини шу масалада бир тадқиқотига кўра, аксарият инсонлар нотаниш ва бегоналар билан суҳбатдан кам нарса ўрганаман деб ўйлашар экан, лекин суҳбат қилишса, қанчалик кўп ўрганганларини кутишмайди.

Мен шуни шахсий ҳаётимда жуда кўп шоҳиди бўлганман. Бу адабиётни билмасамда, амалда кўп қилган эканман. Нотаниш инсонлар билан танишиш ва нотаниш инсонлар билан суҳбат қилишни жуда ёқтираман. Сабаблари ҳам сал эгоистик бўлиши мумкин — чунки кўп нарса ўрганаман. Деярли ҳеч суҳбат бўлмадики — бир нарса ўрганмадим.

Қандайдир маънода, Брускни бу мақоласидаги маслаҳат мен қиладиган одатни рационаллаштиришдек туюлди. Шунинг учун мени хулосаларим анча нохолис бўлиши мумкин.

Ўтган ҳафта яқин дўстлар билан айнан шуни муҳокама қилган эдик. Бир нарсани тўғри айтишдики, мен деярли ихтиёрий таклифга ва ихтиёрий одам билан гаплашиш имкониятига «йўқ» демайман. Шу нарса менга ёрдам берган — кўп яқин бўлиб кетган ўртоқларни, дўстларни, ва танишларни ҳам, ихтиёрий суҳбат оқибатида орттирганман.

Инсонлар мактаб ва университетдан кейин, янги қалин дўст топиши жуда қийин. Буни устига, нотаниш инсонлар билан танишишни хоҳламасликлари, бу масалани 30дан ошганлар учун жуда қийин қилиб юборади.

Лекин айтиш жоизки, мақоладаги хулосалар ғарбдаги ўқувчига кўпроқ тегишли. Маслаҳатларни кўпи, Ўзбекистондагилар учун у даражада таалуқли эмас. Бизда одатда бегоналар билан гаплашиш маданиятимизда нормал қаралади. Асосан ёши катталар бегоналар билан суҳбатни бошлашади ва уларга мурожаат қилса — илиқ қабул қилишади. Шу маънода Тошкент ҳам озгина осиёлашмоқда. Яъни Тошкентдаги ёшлар ичида бу нарса унчалик кенг тарқалмаган бўлиши мумкин, лекин мен унча ҳавотирланмайман, чунки барибир аҳолимиз анча чуқур ижтимоий ҳаётга эга.

Мен Сингапурдан кейин АҚШга келганимда, магазинда навбатда турган одам мени саватимдаги олмаларга қараб — «олма чиройли экан, қанчадан сотиб олдинг» деб сўраган эди. Сингапурда бундай суҳбатни эшитиш умуман эҳтимоли паст нарса бўлгани учун, анча таажжубланган эдим. Бундан олдин фақат эски Кўкча бозорида (ҳатто Чорсуда ҳам бундай бўлмас эди) шуни кўрганман: нотаниш одам, бошқа нотаниш одамни харидлари ҳақида, нархлар ҳақида сўраши ғайри табиий эшитилган.

Ҳозир ҳам, кичик шаҳарда яшаганим учун, нотаниш одамлар бир-бирлари билан суҳбат қилишларини кўп кўраман. Лекин, Осиёнинг кўп жойларида, ҳатто дейлик Россияда — нотаниш одамлар бир-бирлари билан суҳбат қилиш эҳтимоли паст. АҚШда ҳам бу муаммо кучаяётганини қайд этмоқда Брукс.

Хуллас, мақолани ўқинг, қизиқ ёзилган. Айтмоқчи, ғарбий дунёда энг муҳим тиббий масала бу инсонларни ёлғизлиги. Шу контекстни унутмаган ҳолда ўқисак, мақола янада муҳимроқдек туюлади.
784 views03:59
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:37:47 ​​Kecha Milly bog’da ko’limiz qayta ochilibdi deb eshitdim. Xursand bo’lib bir rasmlarini ko’ray degandim. Tabiiyki men suvsozlik bo’yicha mutaxassis emasman lekin bir-ikki narsa e’tiborimni jalb etdi. Gazeta.uz ochilishdan oldin foto reportaj qilgandi. O'sha reportajdagi rasmlarga qarasak ko’lning tubi gidroizolyatsiya qilinganini ko'ramiz, ya’ni suv gruntga ketmaydi. Sababi suv sizib chiqmasligi va loyqalanmasligi uchun ekan. Tabiiy ko’l emas katta basseynga o’xshab qolibdi.

Ikkinchidan, chuqurligi odam bo’yidan pastga o’xshayapti, rasmlarga qaraganda.

Albatta drondan rasm chiroyli chiqibdi. Lekin ko’lning maqsadi ko’l edi. O’sha ko’l (basseyn)dagi suv atrofdagi daraxtlar va o’tlardan alohida hayot kechiradimi? Shahar ekosistemasi uchun tabiiy ko’l muhim vazifani bajarishi kerak edi, faqatgina estetik emas. Ba’zilar aytishi mumkin, boshida bu yerda aslida delfinariy qurilmoqchi edi, jamoatchilik noroziligi ketidan uning o'rniga shu ko'l qisman qaytgani ham yaxshi bo'libdi deb. Lekin, bu tabiiy ko’lmi yoki katta basseyn? Rostdan ham taajjub.

Avvalroq yozgan edim: “Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Toshkentning qoq markazida joylashgan, yaqin yillargacha Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻidagi ko’l ishga tushgan edi. U bog’ aholining ishtiroki bilan hashar orqali qurilgan edi. Ayniqsa ayollar chiqib, o’z qo’llari bilan xalq uchun, shahar uchun ko’lni qazigan, qurgan edilar."

@uzbekonomics
1.8K viewsedited  03:37
Ochish/sharhlash
2022-08-24 22:38:37 Yomon, juda yomon qaror!

Oq uy bugun har bir talaba (ba’zi mezonlar bo’yicha) olgan oliy ta’lim kreditining $10,000ga teng qismini “kechib yuborishi” kutilayotgani haqida xabar berdi.

Tabiiyki bu qaror asosan siyosiy mohiyatga ega. Noyabrdagi midterm va 2 yildan so’nggi saylovlarga ovozlarni sotib olishga umid qilinyapti. Tabiiyki, qarz balansi $10,000ga kamayganini ko'rgan fuqaro bundan quvonadi. Aytish joiz, bu qaror osmondan tushgani yo’q. Saylovoldi kampaniyasida ham shu siyosat oldinga surilgan va vada bajarilyapti deyish mumkin.

Qarzdan voz kechish bu bir imtiyozning turi. Bu imtiyoz qanday iqtisodiy va siyosiy oqibatlarga olib keladi? Hech qanday siyosiy qarashlari, partiyaviy a’zoligi bo’lmagan iqtisodchilar ham shunday fikrda bo’lishlari tabiiy:

1. Bu regressiv siyosat - imtiyozdan faqat boylar yutadi. Ya’ni, bu soliq to’lovchilarning hisobiga moliyalashtirilayotgan imtiyoz, kambag’al va o’qishga imkoniyati bo’lmaganlar uchun bir dollar ham bermaydi. Xususiy universitetda yiliga $70,000 to’lab o’qigan va keyin yaxshi maosh topayotgan, qarzni yopa oladigan bitiruvchi bundan yutadi. Imtiyoz mukofoti tengsiz bo’linadi. Qarzdan kechirishga ketgan mablag’ning uchdan ikki qismidan ko'prog'i daromad taqsimotining eng yuqori 60 foizidagi odamlarga tegar ekan.

2. Qo’ldan boy berilgan imkoniyatlar. Shu imtiyoz/qarzdan voz kechish uchun ishlatilgan soliq to’lovchilarning har bir dollarini ta’limga bo’lgan imkoniyatlarni tenglashtirish uchun, ta’limga imkoniyati bo’lmaganlar uchun ishlatish mumkin edi.

3. Bu imiyozdan foydalanmagan boylarni ham, ya’ni talabalik qarzini ertaroq to’lab yopib yuborgan fuqarolarni jazolaydi, chunki ular imtiyozdan quruq qolishmoqda - qarzni erta yopganlari uchun. Ya’ni, tartibli fuqaro va intizomli qarz to’lovchilar jazolanmoqda. 

4. Buzilgan rag’batlar tizimi. Qarz olishga talab oshadi, narx ko’tariladi. Inflyatsiyaga hissa qo’shadi. Soliq to’lovchilarga bu siyosat 300 milliardga tushishi mumkin ekan.

5. Siyosiy foyda emas, zarar olib kelishi ham mumkin. Aslida o’ngdagilarni birlashtiradigan qaror bo’libdi, liberal, boy, o’qimishli ziyolilarga berilayotgan bu imtiyoz respublikachi, ta’limga imkoniyati bo’lmagan va soliqlari tengsiz taqsimlanishi ko’rayotgan ovoz beruvchilar birlashadi. Lekin, boshqa tomondan, bu siyosat noto'g'ri ekanligini bilayotgan, va ushbu imtiyozdan naf ko'rmayotgan fuqarolar agar shu siyosat demokratlarni ofisda qolishini ta'minlab berishi kutsalar, ular ushbu “soliqqa" ko’z yumishga tayyormikanlar?

6. Ta’lim krediti xajmi oshib ketgani, qimmat kontrakt narxlari, va qarz oluvchilarning yuki kabi muammolarni bu imtiyoz umuman yechmaydi. Masalan, o’rtacha talabalik krediti $40,000 atrofida. Imtiyoz esa $10,000.

7…

Masalan, aytaylik Alabamaning bir chekka tumanida yashaydigan, oliy ta’limdan bahramand bo’lmagan fuqaro so’rashi mumkin: “Nima uchun mening hisobim evaziga siz, hozirda Goldman Saksda yiliga $124,000 maosh olayotgan, badavlat oiladan chiqqan insonning farzandini Stenfordda o’qishini moliyalashtiryapsiz?”

Qanday xulosalar qilish mumkin? Qarorlarni iqtisodchilar emas siyosatchilar qabul qilishini, va ularning rag’batlari boshqacha bo’lishiga bu ham bir eslatma. Ikkinchi eslatma esa, yaxshi niyatlar bilan qilingan imtiyozlar yomon, regressiv va odamlarni battar qashshoqlashtiradi. Menimcha, boshqa istalgan imtiyozlarga yuqoridagi rakurs orqali qarasa bo’ladi.

Aytgancha, menga qiziq tomoni shundaki, ijro hokimiyatining ushbu qarori, boshqa qarorlar kabi, Oliy sudda ko’rib chiqilishi mumkin. Va u yerda qaror bekor qilinishi ehtimoli bor, yetib borsa. Jarayon shunga yetib borish bormasligi qiziq. Kuzatamiz.

@uzbekonomics
5.4K viewsedited  19:38
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:48:10 Qiziq maqola ekan.

Bilasiz, Garvard universitetining endowment fondi (vaqf fondi bo’ladimi o’zbek tilida?) eng boy hisoblanar edi, hozirda u 53 miliard dollar atrofida. Texas Universitetining endowment fondi yaqinda Garvard universitetnikidan oshib ketishi kutilayotgan ekan. Sababi - neft. Gap shundaki, Texas Universiteti maydoni taxminan butun Namangan viloyatiga teng yerga egalik qilarkan va u yerda neft zaxirasi juda ko’p ekan.

Aslida, AQShdagi universitet fondlari neft kabi qazib olinadigan yoqilg’ilarga sarmoyalardan chiqib ketayotgan edilar, jamoatchilik, talabalar bosimi ostida. Masalan, Yale.
Texas Universiteti esa teskari siyosatni qo’llayabdi. Universitetga bunday katta yer qanday “tegib” qolgani maqolada yozilgan. 

Darvoqe, AQShdagi aksariyat yirik universitetlarning investitsion portfelida turli instrumentlar bor, masalan aksiyalar, private equityga, tabiiy boyliklar va ko’chmas mulk. Masalan, bilasizmi, Nyu York shtatida eng katta yer egalaridan biri bu Kolumbia va Nyu York universitetlaridir.

@uzbekonomics
4.2K viewsedited  17:48
Ochish/sharhlash
2022-08-23 21:24:00 Bugun ikkita raqamga ko’zim tushdi:

Birinchisi, bu yil oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarning taxminan 10 foizi qabul qilinar ekan. Yuz mingdan ko’proq o’rinlarga milliondan ko’proq abiturientlar. Bu degani o’sha 2018 yilgi ko’rsatkich deyarli o’zgarmabdi. Maqolani keyingi yil “5-yildan so’ng” degan davomini yozish kerak ekan.

Ikkinchisi, o’sha bir milliondan ko’proq abiturientlarning yarmidan ko’pi o’tish ballining eng past darajasidan ham kamroq ball to’plabdilar. Agar bularning yarmidan ko’pi tavakkalga topshirganlar, yoki nomiga qayta topshirib qo'yganlar bo’lsa ham, qolgan yarmining atiga 20 foizi o’qishga qabul qilinishi baribir baland ko’rsatkich emas.

Savol tug’ilishi mumkin, universtitetlarga kirish testlari shunchalik qiyinmi va bilimni yaxshi tekshira olmayaptimi yoki teskarisi, maktabdagi bilimlar (to’g’rirog’i repetitorlar) to’g’ri tuzilgan imtixondan o’tishga yetarli bilim bermayaptilarmi? Balki ikkalasi ham, balki hech qaysi. Agar, masalan eng minimal ballni ham 500 mingda abiturient olmabdi, bunga kimlar va nimalar aybdor degan ro’yxat qiladigan bo’lsak, men oxirgi o’rinlarga (ya’ni eng aybsiz) abiturientlarning o’zini qo’ygan bo’lardim.

Nima bo’lgan taqdirda ham, kelajakdagi (va orzudagi) mamlakatimizda universitetga kirish uchun maktab o’quvchilari repetitorlarga va o’quv markazlariga umuman bormaydilar. Chunki, bunday xizmatning zaruriyati qolmaydi - maktabda olingan bilimlarning o’zi universitet qabuliga yetarli bo’la oladi. Ya’ni, repetitorlik xizmatlari, turli fanlar bo’yicha institutga tayyorlaydigan o’quv markazlarning mavjudligi o’zi muammo emas, ular ta’limdagi bo’shliq borligini ko’rsatyaptilar. O’sha mamlakatda, chet tillari, bazaviy kompyuter savodxonligi, statistika, shaxsiy moliya vhkz fanlarni o’quvchilar aynan maktabda o’rganadilar, universitetga kirish uchun qo’shimcha to’garak va boshqa muassasalarga borishga ehtiyoj qolmaydi. Maktab o’quvchilariga asosiy bilimni repetitor beradigan tizimga kelib qolinishining eng katta oqibatlaridan biri o’sha ta’limga bo’lgan imkoniyatlarni tengsizlashtiradi, insonlarni kambag’allashtiradi. Repetitorga mablag’i yetarli bo’lmagan oiladan chiqqan o’quvchi nima qilsin? Bundan tashqari, o’sha mamlakatda o’qituvchi va murabbiylarda qo’shimcha repetitorlik qilishga rag’bat va ehtiyoj qolmaydi, chunki ular maktab/universitetdagi asosiy faoliyatlari doirasida yetarlicha rag’batlanadilar va eng muhimi, ularda akademik erkinlik bo’ladi.

Xullas, o’quvchi asosiy bilimni repetitordan olishi va domla asosiy faoliyati/daromadini repetitor orqali olishi buzilgan muvozanatni aks ettiradi.

Shu o’rinda ijobiy kuzatuvni ham aytib o’tib ketishim kerak. Oxirgi paytda juda ko’p yosh o’zbekistonliklar chet eldagi universitetlarga kirayotganlarini, o’qishni boshlayotganlarini ko’ryapman. Ayniqsa oxirgi 2-3 yil ichida bu jarayon ancha tezlashib qolibdi. Bizning yoshlar turli fan yo’nalishlarida, maktabning yuqori sinflaridan boshlab doktaranturagacha bo’lgan bosqichlarda, xaritada Avstraliyadan tortib Kanadagacha bo’lgan mamlakatlarda o’z tengdoshlari bilan raqobatni yutib o’z yo’llarini topmoqdalar. Ba’zilarini taniganim, ozgina bo’lsa ham arzimagan maslahat/yo’nalish berganim uchun ikki karra hursand bo’laman. Aslida chet elda o’qishga ketayotgan talabalarning soni ko’payishini men ijobiy natija deb hisoblayman, keng tan olingan narrativ va xulosaga teskari bo’lsa ham. O’sha xulosaga ko’ra, masalan, chet elga bakalavrga o’qishga ketgan o’zbekistonlik bu mamlakat boy bergan, qo’ldan chiqargan navbatdagi kadr deb hisoblanadi. Ya’ni, “mana o’zimizda olib qola olmadik, ketib qoldi” deb. Men esa aksincha, har bir o’qigan, ilm olgan o’zbekistonlikni mamlakatning yutug’i deb hisoblayman, qayerda va qaysi chegara ichida o’qishidan qat’iy nazar.

@uzbekonomics
23.0K views18:24
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:12:33 ​​Shahar hokimi jamoat transporti foydalanuvchisi.

Yaqinda men yashaydigan shahardagi metroning bir yo’nalishi bir oyga ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Bu shahar aholisi tomonidan katta kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi, norozilar ko’p. Argumentlardan biri shundaki, bir necha dekadadan beri ta’mirtalab bo’lib qolgan metro liniyasini ancha avvalroq tuzatish kerak edi, ayniqsa Covid paytida kamroq yo’lovchilar foydalanayotganida. Hozirda talabalar o’qishga, ishchilar esa ta’tildan so’ng ofisga borishlari uchun bir dona yopilgan metro liniyasi katta muammolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni, manzilga yetib olish uchun 2-3 marotaba “peresadka” qilishga to’g’ri keladi.

Bugun ertalab, shahar hokimi, Mishel Wu, o’z uyidan hokimiyatga qanday qatnaganini va yo’ldagi vaziyatni qadamma-qadam Twitterda reportaj qilibdi. Aytish joiz, Mishel Wu jamoat transportining doimiy foydalanuvchisi, ya’ni bu PR uchun qilingan bir marotabalik kampaniya emas. Aslida, bu shahar jamoat transportida yillar mobaynida juda katta muammolar yig’ilib qolgan: noto'g'ri boshqaruv, kam moliyalashtirish, boshqaruvchilarning malakasizligi, infratuzilma eskirib ketganligi va hkz. Shahar hokimining jamoat transporti siyosatiga ta’sir doirasi cheklanganligini inobatga olsak, u barcha muammoni yecha olmaydi. Lekin, kamida, o’zi jamoat transportidan foydalangani uchun muammoni o’z boshidan har kuni kechiradi.

Men nima dimoqchiman: jamoat transporti loyihalari, va unga aloqasi bo’lgan barcha qarorlar undan foydalanmaydigan odamlar tomonidan ishlab chiqib, undan foydalanmaydigan odamlarga taqdimot qilinishi emas, balki faqat undan foydalanadigan odamlar tomonidan undan foydalanadigan odamlar uchun qilinishi kerak. Jamoat transportida umuman yurmaydigan odam unda qanday muammo borligini qayerdan bilsin? Axir, jamoat transporti bu shaharni shahar qiladigan, va shaharning mutlaq ko’pchik aholisi foydalanadigan yagona transport infratuzilmasi.

Ha aytgancha, Mishel Wu, Boston shahri tarixida saylangan birinchi ayol va birinchi oq tanli bo’lmagan hokim hisoblanadi. U haqda NYT yaxshi maqola yozgandi.

Aytingchi, siz istiqomat qiladigan shaharda munitsipal rahbarlar jamoat transportidan muntazam ravishda foydalanadilarmi? Yoki, bir marotaba bo’lsa ham foydalanganmilar?

@uzbekonomics
3.6K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:01:17 AQSh bilan O'zbekiston orasida qanday umumiylik bor desangiz, u yerda ham bu yerda ham piyoda bo’lish hayot uchun o’ta xavfli.

AQShda piyodalar o’lim darajasi 40 yillik maksimumga chiqibdi:
https://www.vox.com/23178764/florida-us19-deadliest-pedestrian-fatality-crisis

Rasmda piyoda o’tishi uchun eng xavfli chorraxalardan biri ekan.
Ayni paytda esa…

@uzbekonomics
3.8K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-20 06:49:24 G’olib bo’lgan professional sportchilar, olimpiadachilarga va Nobel medali egalariga davlat mukofot puli berishi kerakmi? Nega?

Dasturimizning bu safargi epizodi ko’pchilik uchun tanish bo’lgan mavzu haqida bo'ldi. Suhbat siz ko’p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulariga taqaladi.

Ulashing, obuna bo’ling, izoh qoldiring:




Podkastning audio formati esa har doimgi platformalarda:
Apple Podcasts, Spotify, Podbean, Yandex Music, Stitcher

@uzbekonomics
10.9K views03:49
Ochish/sharhlash
2022-08-16 17:42:41 AQShdagi bir universitetning kampusida qoldirilgan e’lon ekan. Qiziq. Hayotning barcha jabhalarida bozor mavjudligi haqida eslatma-da. Afsuski, O’zbekistonda ham e’londagi sxemalar yo’q deya olmaymiz.

Gaplariga ko’ra (to’g’ri bo’lsa), ushbu sobiq Goldman Sachs ishchisiga bunday sxemalar, mavhum biznes metodologiyalar va pul ishlash yoqar ekan…

@uzbekonomics
5.4K views14:42
Ochish/sharhlash