Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Biroz avval yozganimdek, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash | Uybor.uz - Aql bilan top!

Biroz avval yozganimdek, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganyapti. Aslida, bu postni oldinroq e’lon qilmoqchi edim, ammo jarayonni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rmasdan, ijara beruvchilar bilan muloqot qilmasdan, elektron tizimni sinovdan o‘tkazmasdan to‘liq ishonch bilan yoza olmas edim.

Hozirgina Olmazor tumani, “Ziyo” va “Universitet” mahallalariga borib, yangi tizim — uybor.uz platformasi orqali ijaraga uy topgan talabalar, ijara beruvchilar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildik.

Biz bu masalada xususiy sektor bilan hamkorlik qilish ko‘proq samara berishiga ishonch hosil qildik. Misol uchun, “Ziyo” mahallasi yoshlar yetakchisi Muslima Halimova bir necha kun ichida aynan ushbu platforma orqali 23 nafar talabaga ijaraga uy topishda ko‘maklashdi.

Hozirgacha Toshkent shahri bo‘yicha jami 720 nafar talabaga yordam berildi. Endilikda shu kabi platformalarga talabalarga ijaraga beriladigan xonadon ma’lumotlarini kiritishda yoshlar yetakchilari bosh-qosh bo‘lishadi.

Do‘stlar ushbu elektron tizim orqali siz ham talabalarga yordam berishingiz mumkin. Buning uchun telegramdagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakchisiga aynan talabalarga ijaraga beriladigan uy to‘g‘risida ma’lumot berishingiz mumkin. Shundan so‘ng, yoshlar yetakchilari ijaraga beriladigan xonadonning sharoitlarini o‘rganib chiqib, ma’lumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar esa o‘zlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylashishadi.

@alisher_sadullaev