Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bolalar uchun COVID-19 ga qarshi Pfizer vaksinasini kutib olis | UNICEF Uzbekistan

Bolalar uchun COVID-19 ga qarshi Pfizer vaksinasini kutib olishda Yevropa Ittifoqining O‛zbekiston Respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian xonim ishtirok etdi. "Pandemiya hali ham tugagani yo‛q, u global xarakterga ega. Hamma xavfsiz bo‛lmaguncha biz xavfsiz bo‛lmaymiz va emlash xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali usullaridan biri bo‛lib qolmoqda. Shvetsiyadan yetkazilgan mazkur yuk innovatsion hisoblanadi, chunki O‛zbekistonda ilk bor 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‛lgan bolalar uchun emlanish imkoniyati yaratilmoqda. Bu global vaksinalar birdamligi dasturi doirasidagi Yevropa Ittifoqining qo‛shilgan hissasidir. Team Europe jahon bo‛ylab COVID-19ga qarshi vaksinalar bilan barchani adolatli va teng ta’minlashga qaratilgan COVAX dasturining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‛lib qolmoqda", - deya ta’kidladi u.