Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Xayrli kun, hamkorlar! UMarket oʻz fotostudiyasini qurish ust | UZUM

Xayrli kun, hamkorlar!

UMarket oʻz fotostudiyasini qurish ustida jadal ishlar olib borib, uni ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Siz sotuvga olib chiqadigan barcha mahsulotlarni biz professional tarzda suratga olamiz – bu bizning xaridorlarimiz faqat yuqori sifatli tovarlarni koʻrishlariga, sizda esa bizning saytimiz va ilovamiz uchun sotiladigan fotosuratlar boʻlishiga imkon beradi. Ushbu postdagi rasmlarda siz bizning fotosuratlarimiz qanchalik tiniq va chiroyli chiqishini koʻrishingiz mumkin – bu bizning xaridorlar haqida qaygʻurayotganimizdan dalolat berib, shubhasiz buning samarasini ularning bizga va sizga xayrixohligida koʻramiz. Shubha yoʻqki, xaridorlar ilovadagi bunday rastani maroq bilan koʻzdan kechirishadi, xarid qilishadi, yana va yana unga qaytishadi.

UMarket fotostudiyasi Rossiyada allaqachon ajoyib natijalarni koʻrsatgan KazanExpress fotostudiyasidan namuna oldi. KazanExpress 2019-yilda ochilgan boʻlib, yetti kishi, kichkina bino, bir nechta kameralar va tovarlarni suratga olish uchun stollar bilan bu ish boshlangan. Ikki yil ichida studiya aql bovar qilmaydigan darajadagi katta koʻlamga erishdi. Hozirda u 1500 kvadrat metrni tashkil etadi, kuniga 6000 ta buyumni suratga oladi, 200 ta mutaxassis ishlaydi, Canon va Sony kameralarining eng yaxshi modellari bilan jihozlangan, oltita ishchi zonasi, shu jumladan 360° formatida suratga olish burchagi va modellar podiumlari mavjud.

Biz mana shu muvaffaqiyatni takrorlamoqchimiz. Fotostudiyani ishga tushirish uchun KazanExpress kompaniyasining tajribali xodimi, prodyuser, fotograf va retushchi Radik Skogorev Toshkentga tashrif buyurdi.

Radik fotostudiyamiz uchun kerakli jihozlarni tanlab beradi, mebel ishlab chiqarishni nazorat qiladi, suratga olish uchun uskunalar sotib oladi va HR-menejerlari bilan birgalikda shtatga mutaxassislarni tanlab oladi. Fotostudiya ochilishi bilan unda taxminan 24 nafar xodim: buyumlar va modellarni suratga oluvchi fotograflar, retushchilar, vizajistlar, tovarshunoslar, modellarni suratga oluvchi prodyuserlar va kasting direktorlari ish boshlashi rejalashtirilyapti.

600 kvadrat metr maydonga ega xonada bir nechta burchaklar boʻladi: ikkita modellar podiumi, buyumlarni suratga olish uchun sakkizta stol, fotosuratlarni qayta ishlash uchun oʻnta stol, tovarlarni qabul qilish va joʻnatish zonasi, kiyinish xonasi va dam olish zonasi. Biz nafaqat mayda – iplar, qalamlar, elastik tasmalar kabi tovarlarni, balki oʻrta oʻlchamdagi, katta oʻlchamdagi hamda ogʻir va uzun tovarlarni ham suratga olamiz. Shuningdek, biz darhol modellarni suratga olishni ham boshlaymiz – biz uchun xaridorlar nafaqat kiyim-kechak, aksessuarlar va boshqa narsalarni koʻrishlari, balki bir nechta fotosuratlar orqali ularni odamning ustida qanday turishiga baho berishlari ham muhim.

Bizni kuzatib boring – biz sizni barcha yangiliklardan xabardor qilib turamiz!