Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ucell tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etm | Ucell Business 🕶

Ucell tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda!

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusida yozishni yaxshi ko‘rsiz va uddalay olasizmi? Bu sohadagi barcha yangiliklar va trendlarni kuzatib borasizmi? Agar shu ikkala savolga ham javobingiz «Ha» bo‘lsa – u holda Kompaniyamiz jurnalistlar va blogerlar uchun tashkil etgan tanlovda ishtirok etish uchun bemalol ariza topshiring!

Quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi:
1 – Internet va bosma OAV (gazetalar, jurnallar, saytlar, bloglar – UZ domeni);
2 – Televideniye, radio, vloglar (YouTube, Mover, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar).

Sovrindorlarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda: noutbuklar, smartfonlar, tashqi xotira disklari, fitnes-bilaguzuklar.

Arizalar qabul qilinishining dedlayni uzoq emas – 1-dekabr! Shuning uchun tanlov materillariga qo‘yilgan talablar va batafsil shartlar bilan hoziroq tanishib chiqing: www.ucell.uz/w97