Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hurmatli TATU-BDIRU QATF abituriyentlari! Suhbat shaklidagi k | СФИТ ТУИТ-БГУИР | официальный

Hurmatli TATU-BDIRU QATF abituriyentlari!

Suhbat shaklidagi kirish imtixoning 1 -bosqichi 2021 yil 18, 19, 20 oktyabr kunlari Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 108-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning O'zbek-Hind IT-markazida o'tkaziladi.

Suhbat guruhlar bo'lingan holda o'tkaziladi, har bir guruhga sana va vaqt tayinlangan. Suhbat o'tkazilish sanasi va vaqti haqidagi barcha ma'lumotlar siz ko'rsatgan telefon raqamlariga yetkaziladi.

Barcha abituriyentlar belgilangan vaqtda belgilangan manzilga kelishlari shart.

Abituriyentlar o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi pasport hamda ruchka bo'lishi talab qilinadi.

Quyidagi ehtiyot choralariga rioya qiling: ijtimoiy masofa, tibbiy niqob.