Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi | Tergov departamenti

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘iga “polkovnik” maxsus unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlarida qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun:

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari –Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Pulatov Axmadjan Xusanovichga polkovnik maxsus unvoni berildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi Axmadjan Xusanovichni maxsus unvon bilan chin yurakdan tabriklab, kelgusidagi xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti