2022-05-25 20:05:01
PLAS-forum O’zbekiston 2022: Banklar va riteyl dunyoning ko'plab mamlakatlaridan moliya sohasining yetakchi mutaxassislarini bir yerda jamladi!
Forumda Tenge bank rahbari Talgat Ayupov chiqish qildi va bankni raqamlashtirish bo‘yicha tajribasi hamda O‘zbekistonda chakana bank faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o'rtoqlashdi, shuningdek u bank o'z loyihalarini amalga oshirishda duch kelgan masalalarni ko'tardi. U O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raqamli riteylni rivojlantirishga xizmat qilayotgan ilg‘or harakatlarini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, Talgat Ayupov yaqin kelajakda chakana savdoni rivojlantirish bo'yicha prognozini taqdim etdi va 2025-yil 1-yanvarga qadar bank sektorining mikroqarzlar portfelini 70 trln. so'mgacha bo'lgan miqdorda (5 barobardan ziyod o'sish ko'rsatkichi) baholadi.
Bundan tashqari, Tenge Bank o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmasi — kartomat orqali bank filialiga bormasdan kafolatlangan keshbekka ega Mastercard kartasini olishning yangi, mijoz uchun qulay usulini eʼlon qildi.
Shuningdek, marketpleys loyihasining 2022-yilda ishga tushirilishi haqida ham e'lon qilindi.
Tenge Bank turli to'lov tizimlari va merchantlar bilan hamkorlik qilishga va hamkorlarga mikroqarzlar hamda muddatli to'lovlar borasida kredit yordamini taqdim etishga tayyor.
Tenge Bank - yorqinroq yashang!
________
ПЛАС-форум Узбекистан 2022: Банки и ритейл объединил вокруг себя ведущих специалистов финансовой сферы из многих стран мира!
На Форуме, Tenge Bank поделился своим опытом цифровизации и представил свое видение развития банковской розницы в Узбекистане, поднял вопросы, с которыми столкнулся банк при реализации своих проектов. Были отмечены прогрессивные действия Центрального Банка Республики Узбекистан содействующие развитию цифрового ритейла.
На мероприятии руководитель банка Талгат Аюпов дал прогноз развития розницы в обозримом будущем и предоставил экспертную оценку портфеля банковского сектора страны микрозаймов к 1 января 2025 года до колоссального уровня 70 трлн. сум (рост более чем в 5 раз).
Кроме того, Tenge Bank анонсировал новый клиентский путь получения карты Mastercard с гарантированным кешбэк без посещения банковского отделения- через устройство самообслуживания - картомат.
Также был анонсирован запуск проекта маркетплейс в 2022 году.
Tenge Bank открыт к партнерству с различными платежными системами и мерчантами и готов предоставить кредитное плечо партнерам в микрозаймах и рассрочке.
Tenge Bank – живите ярче!
2.5K viewsedited 17:05