Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Mahallada_tadbir Bugun soat 17:30 da Chilonzor tumani Xalql | Nizomiy nomidagi TDPU Tillar fakulteti.

#Mahallada_tadbir

Bugun soat 17:30 da Chilonzor tumani Xalqlar do'stligi mahallasida "Sport - sog'lik garovi" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Boshlang'ich ta'lim va Tillar fakulteti dekan o'rinbosarlari, fakultetlar faol talabalari, mahalla faollari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etishdi. Tadbir dasturi mahalla raisi hamda fakultetlar dekan o'rinbosarlarining iliq so'zlari bilan ochib berildi. Boshlang'ich ta'lim hamda Tillar fakulteti talabalari tomonidan ajoyib dasturlar: O'zbekiston chempionlari chiqishlari, kuy-qo'shiq, raqs, qiziqarli savol-javoblar bilan tadbir dasturi olib borildi. Ayniqsa, tadbirga o'zgacha ko'rk bag'ishlagan Boshlang'ich ta'lim fakultetida tashkil etilgan "Mohir qo'llar" to'garagi talabalarining ijod na'munalarining taqdimoti va mahalla bolalariga sovg'a qilinganligi alohida e'tirof etildi.

Tadbir so'nggida mahalla aholisi tomonidan samimiy minnatdorchilik fikrlari bildirildi.



https://t.me/joinchat/AAAAAEaxLfUPoVvZCCGJ0Q