Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

JAVOBLAR: Bine shkalasi bo'yicha ko'pchilik insonlar 85 va 11 | Психостимул

JAVOBLAR:

Bine shkalasi bo'yicha ko'pchilik insonlar 85 va 114 oralig'idagi IQ (intellektual salohiyat)ga ega. Mobodo sizning ko'rsatkichlaringiz past bo'lsa, demak siz unchalik ham mulohaza qilolmaysiz. Yuqori raqamlar esa aqlning egiluvchanligidan darak beradi, masalan olimlar 130dan yuqori to'plashadi. Ushbu test sizning aqliy salohiyatingiz darajasini aniqlashga yordam beradi. O'ylaymizki, suv birinchi bo'lib qaysi krandan oqib tushishini tanlab oldingiz!

DEMAK, QAYSI KRANDAN SUV BIRINCHI BO'LIB OQIB TUSHADI?

BIRINCHI KRAN:

Balkim siz dunyodagi eng aqlli inson emasdirsiz, lekin sizning intellektingiz o'rtacha odamniki bilan teng. Masalaga ko'pincha original yechimlar topasiz, lekin o'zingizni chegaralab qo'ygansiz, shuning uchun yechimlaringizni atrofdagilar bilan baham ko'rmaysiz, sababi kulguga qolishdan qo'rqasiz. Siz bir sinab ko'ring, mana ko'rasiz, bundan miyangizga yana va yanada ko'proq g'oyalar kelishni boshlaydi.


IKKINCHI KRAN:

Aqliy salohiyatingiz darajasi boshqalarnikidan ajralib turmaydi, lekin atrofdagilar intellektini kerakli joyga yo'naltirishni bilasiz. Atrofingizda, har yerda va har joyda imkoniyatlar eshigini ko'rasiz va boshqalar qobilyatidan huddi o'zingiznikidek foydalanish uchun qarshiliklarni ham yengib o'tishgada tayyorsiz.


UCHINCHI KRAN:

Siz aniq original fikrlaysiz. Atrofdagilar sizga nisbatan yetarli hurmatni his qilishmaydi, sababi ular sizning fikrlash tarzingizni kuzata olishmaydi. Shunday bo'lsada, agar diqqat bilan o'z maqsad va strategiyalaringizni boshqa odamlarga yetkaza olsangiz, intellektingiz o'sish darajasi va natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.


TO'RTINCHI KRAN:

Siz deyarli dahosiz - faqat to'g'ri keladigan odamlar va ma'lumotlarni qidirib topish qoldi holos. Qobilyatingizni mayda-chuydalarga ketkazish o'rniga, diqqatingizni jamlang va ongingizni xaqiqatdan arziydigan narsalarning barcha imkoniyatlarini ochish uchun sarflang.

Yodingizda bo'lsin, sizning har bir tanlovingiz albatta qandaydir ahamiyatga ega. Biron ish qilishdan oldin albatta mulohaza qiling!

@Sultonova_Mashhura